9. Ma’ruza. Xavfsizlikni boshqarish va himoya tizimini qurish.
Parolli himoya va ularning zamonaviy turlari. Parollar asosida
autentifikatsiyalash
Autentifikatsiyaning keng tarqalgan sxemalaridan biri oddiy autentifikatsiyalash
bo’lib, u an’anaviy ko’p martali parollarni ishlatishi-ga asoslangan. Tarmoqdagi
foydalanuvchini oddiy autentifikatsiyalash muolajasini quyidagicha tasavvur etish
mumkin. Tarmoqdan foydalanishga uringan foydalanuvchi kompyuter klaviaturasida
o’zining identifikatori va parolini teradi. Bu ma’lumotlar autentifikatsiya serveriga
ishlanish uchun tushadi. Autentifikatsiya serverida saqlanayotgan foydalanuvchi
identifikatori bo’yicha ma’lumotlar bazasidan mos yozuv topiladi, undan parolni topib
foydalanuvchi kiritgan parol bilan taqqoslanadi. Agar ular mos kelsa, autentifikatsiya
muvaffaqiyatli o’tgan hisoblanadi va foydalanuvchi legal (qonuniy) maqomini va
avtorizatsiya tizimi orqali uning maqomi uchun aniqlangan xuquqlarni va tarmoq
resurslaridan foydalanishga ruxsatni oladi.
Eng keng tarqalgan usul — foydalanuvchilar parolini tizimli fayllarda, ochiq
holda saqlash usulidir. Bunda fayllarga o’qish va yozishdan himoyalash atributlari
o’rnatiladi (masalan, operatsion tizimdan foydalanishni nazoratlash ruyxatidagi mos
imtiyozlarni tavsiflash yordamida). Tizim foydalanuvchi kiritgan parolni parollar
faylida saqlanayotgan yozuv bilan solishtiradi. Bu usulda shifrlash yoki bir tomonlama
funktsiyalar kabi kriptografik mexanizmlar ishlatilmaydi. Ushbu usulning kamchiligi -
niyati buzuq odamning tizimda ma’mur imtiyozlaridan, shu bilan birga tizim
fayllaridan, jumladan parol fayllaridan foydalanish imkoniyatidir.
Oddiy autentifikatsiyani tashkil etish sxemalari nafaqat parollarni uzatish, balki
ularni saqlash va tekshirish turlari bilan ajralib turadi. Eng keng tarqalgan usul —
foydalanuvchilar parolini tizimli fayllarda, ochiq holda saqlash usulidir. Bunda fayllarga
o’qish va yozishdan himoyalash atributlari o’rnatiladi (masalan, operatsion tizimdan
foydalanishni nazoratlash ruyxatidagi mos imtiyozlarni tavsiflash yordamida). Tizim
foydalanuvchi kiritgan parolni parollar faylida saqlanayotgan yozuv bilan solishtiradi.
Bu usulda shifrlash yoki bir tomonlama funktsiyalar kabi kriptografik mexanizmlar
ishlatilmaydi. Ushbu usulning kamchiligi - niyati buzuq odamning tizimda ma’mur
- 47 -
imtiyozlaridan, shu bilan birga tizim fayllaridan, jumladan parol fayllaridan foydalanish
imkoniyatidir.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan parollarni bir tomonlama funktsiyalardan foydalanib
uzatish va saqlash qulay hisoblanadi. Bu holda foydalanuvchi parolning ochiq shakli
urniga uning bir tomonlama funktsiya h(.) dan foydalanib olingan tasvirini yuborishi
shart. Bu o’zgartirish g’anim tomonidan parolni uning tasviri orqali oshkor qila
olmaganligini kafolatlaydi, chunki g’anim yechilmaydigan sonli masalaga duch keladi.
Ko’p martali parollarga asoslangan oddiy autentifikatsiyalash tizi-mining
bardoshligi past, chunki ularda autentifikatsiyalovchi axborot ma’noli so’zlarning
nisbatan katta bo’lmagan to’plamidan jamlanadi. Ko’p martali parollarning ta’sir
muddati tashkilotning xavfsizligi siyosatida belgilanishi va bunday parollarni muntazam
ravishda almashtirib turish lozim. Parollarni shunday tanlash lozimki, ular lug’atda
bo’lmasin va ularni topish qiyin bo’lsin.
Bir martali parollarga asoslangan autentifikatsiyalashda foydalanishga har bir
so’rov uchun turli parollar ishlatiladi. Bir martali dinamik parol faqat tizimdan bir marta
foydalanishga yaroqli. Agar, hatto kimdir uni ushlab qolsa ham parol foyda bermaydi.
Odatda bir martali parollarga asoslangan autentfikatsiyalash tizimi masofadagi
foydalanuvchilarni tekshirishda qo’llaniladi.
Bir martali parollarni generatsiyalash apparat yoki dasturiy usul oqali amalga
oshirilishi mumkin. Bir martali parollar asosidagi foydalanishning apparat vositalari
tashqaridan to’lov plastik kartochkalariga o’xshash mikroprotsessor o’rnatilgan
miniatyur qurilmalar ko’rinishda amalga oshiradi. Odatda kalitlar deb ataluvchi bunday
kartalar klaviaturaga va katta bo’lmagan displey darchasiga ega.
Foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash uchun bir martali parollarni qo’llashning
quyidagi usullari ma’lum:
1. Yagona vaqt tizimiga asoslangan vaqt belgilari mexanizmidan foydalanish.
2. Legal foydalanuvchi va tekshiruvchi uchun umumiy bo’lgan tasodifiy parollar
ruyxatidan va ularning ishonchli sinxronlash mexanizmidan foydalanish.
3. Foydalanuvchi va tekshiruvchi uchun umumiy bo’lgan bir xil dastlabki
qiymatli psevdotasodifiy sonlar generatoridan foydalanish.
Birinchi usulni amalga oshirish misoli sifatida SecurID autentikatsiyalash
texnologiyasini ko’rsatish mumkin. Bu texnologiya Security Dynamics kompaniyasi
tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, qator kompaniyalarning, xususan Cisco Systems
kompaniyasining serverlarida amalga oshirilgan.
Vaqt sinxronizatsiyasidan foydalanib autentifikatsiyalash sxemasi tasodifiy
sonlarni vaqtning ma’lum oralig’idan so’ng generatsiyalash algoritmiga asoslangan.
Autentifikatsiya sxemasi quyidagi ikkita parametrdan
foydalanadi:
• har bir foydalanuvchiga atalgan va autentifikatsiya serverida hamda
foydalanuvchining apparat kalitida saqlanuvchi noyob 64-bitli sondan iborat maxfiy
kalit;
• joriy vaqt qiymati.
Autentifikatsiyaning bu sxemasi bilan yana bir muammo bog’liq. Apparat kalit
generatsiyalagan tasodifiy son katta bo’lmagan vaqt oralig’i mobaynida haqiqiy parol
hisoblanadi. SHu sababli, umuman, qisqa muddatli vaziyat sodir bo’lishi mumkinki,
- 48 -
xaker PIN-kodni ushlab qolishi va uni tarmoqdan foydalanishga ishlatishi mumkin. Bu
vaqt sinxronizatsiyasiga asoslangan autentifikatsiya sxemasining eng zaif joyi
hisoblanadi.
Bir martali paroldan foydalanuvchi autentifikatsiyalashni amalga oshiruvchi yana
bir variant - «so’rov-javob» sxemasi bo’yicha autentifikatsiyalash. Foydalanuvchi
tarmoqdan foydalanishga uringanida server unga tasodifiy son ko’rinishidagi so’rovni
uzatadi. Foydalanuvchining apparat kaliti bu tasodifiy sonni, masalan DES algoritmi va
foydalanuvchining apparat kaliti xotirasida va serverning ma’lumotlar bazasida
saqlanuvchi maxfiy kaliti yordamida rasshifrovka qiladi. Tasodifiy son - so’rov
shifrlangan ko’rinishda serverga qaytariladi. Server ham o’z navbatida o’sha DES
algoritmi va serverning ma’lumotlar bazasidan olingan foydalanuvchining maxfiy kaliti
yordamida o’zi generatsiyalagan tasodifiy sonni shifrlaydi. So’ngra server shifrlash
natijasini apparat kalitidan kelgan son bilan taqqoslaydi. Bu sonlar mos kelganida
foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga ruxsat oladi. Ta’kidlash lozimki, «so’rov-
javob» autentifikatsiyalash sxemasi ishlatishda vaqt sinxronizatsiyasidan foydalanuvchi
autentifikatsiya sxemasiga qaraganda murakkabroq.
Foydalanuvchini autentifikatsiyalash uchun bir martali paroldan foydalanishning
ikkinchi usuli foydalanuvchi va tekshiruvchi uchun umumiy bo’lgan tasodifiy parollar
ruyxatidan va ularning ishonchli sinxronlash mexanizmidan foydalanishga asoslangan.
Bir martali parollarning bo’linuvchi ro’yxati maxfiy parollar ketma-ketligi yoki
to’plami bo’lib, har bir parol faqat bir marta ishlatiladi. Ushbu ro’yxat autentifikatsion
almashinuv taraflar o’rtasida oldindan taqsimlanishi shart. Ushbu usulning bir
variantiga binoan so’rov-javob jadvali ishlatiladi. Bu jadvalda autentifikatsilash uchun
taraflar tomonidan ishlatiluvchi so’rovlar va javoblar mavjud bo’lib, har bir juft faqat
bir marta ishlatilishi shart.
Foydalanuvchini autentifikatsiyalash uchun bir martali paroldan foydalanishning
uchinchi usuli foydalanuvchi va tekshiruvchi uchun umumiy bo’lgan bir xil dastlabki
qiymatli psevdotasodifiy sonlar generatoridan foydalanishga asoslangan. Bu usulni
amalga oshirishning quyidagi variantlari mavjud:
• o’zgartiriluvchi bir martali parollar ketma-ketligi. Navbatdagi
autentifikatsiyalash sessiyasida foydalanuvchi aynan shu sessiya uchun oldingi sessiya
parolidan olingan maxfiy kalitda shifrlangan parolni yaratadi va uzatadi;
• bir tomonlama funktsiyaga asoslangan parollar ketma-ketligi. Ushbu
usulning mohiyatini bir tomonlama funktsiyaning ketma-ket ishlatilishi (Lampartning
mashhur sxemasi) tashkil etadi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan bu usul ketma-ket
o’zgartiriluvchi parollar usuliga nisbatan afzal hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |