Axborot xavfsizligining xizmatlari va mexanizmlari. Axborot-kommunikatsion
tizimlar va tarmoqlar xavfsizligiga qo’yiladigan talablar
Axborot xavfsizligining siyosatini ishlab chiqishda, avvalo himoya qilinuvchi
ob’ekt va uning vazifalari aniqlanadi. So’ngra dushmanning bu ob’ektga qiziqishi
darajasi, hujumning ehtimolli turlari va ko’riladigan zarar baholanadi. Nihoyat, mavjud
qarshi ta’sir vositalari yetarli himoyani ta’minlamaydigan ob’ektning zaif joylari
aniqlanadi.
Samarali himoya uchun har bir ob’ekt mumkin bo’lgan tahdidlar va xujum turlari,
maxsus instrumentlar, qurollar va portlovchi moddalarning ishlatilishi ehtimolligi nuqtai
nazaridan baholanishi zarur. Ta’kidlash lozimki, niyati buzuq odam uchun eng qimmatli
ob’ekt uning e’tiborini tortadi va ehtimolli nishon bo’lib xizmat qiladi va unga qarshi
asosiy kuchlar ishlatiladi. Bunda, xavfsizlik siyosatining ishlab chiqilishida yechimi
berilgan ob’ektning real himoyasini ta’minlovchi masalalar hisobga olinishi lozim.
Qarshi ta’sir vositalari himoyaning to’liq va eshelonlangan kontseptsiyasiga mos
kelishi shart. Bu degani, qarshi ta’sir vositalarini markazida himoyalanuvchi ob’ekt
bo’lgan kontsentrik doiralarda joylashtirish lozim. Bu holda dushmanning istalgan
ob’ektga yo’li himoyaning eshelonlangan tizimini kesib o’tadi. Mudofaaning har bir
chegarasi shunday tashkil qilinadiki, qo’riqlash xodimining javob choralarini ko’rishiga
yetarlicha vaqt mobaynida xujumchini ushlab turish imkoni bo’lsin.
- 17 -
So’nggi bosqichda qarshi ta’sir vositalari qabul qilingan himoya kontseptsiyasiga
binoan birlashtiriladi. Butun tizim hayoti tsiklining boshlang’ich va kutiluvchi umumiy
narxini dastlabki baholash amalga oshiriladi.
Agar bir binoning ichida turli himoyalash talablariga ega bo’lgan ob’ektlar
joylashgan bo’lsa, bino otseklarga bo’linadi. SHu tariqa umumiy nazoratlanuvchi
makon ichida ichki perimetrlar ajratiladi va ruxsatsiz foydalanishdan ichki himoya
vositalari yaratiladi. Perimetr, odatda, fizik to’siqlar orqali aniqlanib, bu to’siqlardan
o’tish elektron usul yoki qo’riqlash xodimlari tomonidan bajariluvchi maxsus
muolajalar yordamida nazoratlanadi.
Umumiy chegaraga yoki perimetrga ega bo’lgan binolar guruhini himoyalashda
nafaqat alohida ob’ekt yoki bino, balki uning joylanish joyi ham hisobga olinishi zarur.
Ko’p sonli binolari bo’lgan yer uchastkalari xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha umumiy
yoki qisman mos keladigan talablarga ega bo’ladi, ba’zi uchastkalar esa perimetr
bo’yicha to’siqqa va yagona yo’lakka ega. Umumiy perimetr tashkil etib, har bir
binodagi himoya vositalarini kamaytirish va ularni faqat xujum qilinishi ehtimoli
ko’proq bo’lgan muhim ob’ektlarga o’rnatish mumkin. Xuddi shu tariqa uchastkadagi
har bir imorat yoki ob’ekt xujumchini ushlab qolish imkoniyati nuqtai nazaridan
baholanadi.
Yuqoridagi keltirilgan talablar tahlili ko’rsatadiki, ularning barchasi axborotni
ishlash va uzatish qurilmalaridan xuquqsiz foydalanish, axborot eltuvchilarini o’g’irlash
va sabotaj imkoniyatini yo’l qo’ymaslikka olib keladi.
Binolar, imoratlar va axborot vositalarining xavfsizlik tizimini nazorat punktlarini
bir zonadan ikkinchi zonaga o’tish yo’lida joylashtirgan holda kontsentrik halqa
ko’rinishida tashkil etish maqsadiga muvofiq hisoblanadi.
Axborot xizmati binolari va xonalariga kirishning nazorati masalasiga kelsak,
asosiy chora-nafaqat bino va xonalarni, balki vositalar kompleksini, ularning
funktsional vazifalari bo’yicha ajratish va izolyatsiyalash. Bino va xonalarga kirishni
nazoratlovchi avtomatik va noavtomatik tizimlar ishlatiladi. Nazorat tizimi kunduzi va
kechasi kuzatish vositalari bilan to’ldirilishi mumkin.
Xavfsizlikning fizik vositalarini tanlash himoyalanuvchi ob’ektning muhimligini,
vositalarga ketadigan harajatni va nazorat tizimi ishonchliligi darajasini, ijtimoiy
jihatlarni va inson nafsi buzuqligini oldindan o’rganishga asoslanadi. Barmoq, kaftlar,
ko’z to’r pardasi, qon tomirlari izlari yoki nutqni aniqlash kabi biometrik
indentifikatsiyalash ishlatilishi mumkin. SHartnoma asosida texnik vositalarga xizmat
- 18 -
ko’rsatuvchi xodimlarni ob’ektga kiritishning maxsus rejimi ko’zda tutilgan. Bu
shaxslar identifikatsiyalanganlaridan so’ng ob’ektga kuzatuvchi hamrohligida kiritiladi.
Undan tashqari ularga aniq kelish rejimi, makoniy chegaralanish, kelib-ketish vaqti,
bajaradigan ish xarakteri o’rnatiladi.
Nihoyat, bino perimetri bo’yicha bostirib kirishni aniqlovchi turli datchiklar
yordamida kompleks kuzatish o’rnatiladi. Bu datchiklar ob’ektni qo’riqlashning
markaziy posti bilan bog’langan va bo’lishi mumkin bo’lgan bostirib kirish nuqtalarini,
ayniqsa ishlanmaydigan vaqtlarda, nazorat qiladi.
Vaqti-vaqti bilan eshiklar, romlar, tom, ventilyatsiya tuynuklari va boshqa chiqish
yo’llarining fizik himoyalanish ishonchliligini tekshirib turish lozim.
Har bir xonaga ichidagi narsaning muhimliligiga bog’liq foydalanish tizimiga ega
bo’lgan zona sifatida qaraladi. Kirish-chiqish xuquqi tizimi shaxs yoki ob’ekt
muhimligiga bog’liq holda selektsiyali va darajalari bo’yicha rutbalangan bo’lishi shart.
Kirish-chiqish xuquqi tizimi markazlashgan bo’lishi mumkin (ruxsatlarni boshqarish,
jadval va kalendar rejalarining rejalashtirilishi, kirish-chiqish xuquqining yozma
namunalari va h.).
Nazorat tizimini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish va uni doimo ishga layoqatli
holda saqlash lozim. Buni ixtisoslashgan bo’linmalar va nazorat organlari ta’minlaydi.
SHaxsiy kompyuter va fizikaviy himoya vositalari kabi o’lchamlari kichik asbob-
uskunalarni ko’zda tutish mumkin.
Yuqorida keltirilganlarga xulosa qilib, kompyuter tarmoqlarini himoyalashda
axborot xavfsizligi siyosati qanday aniqlanishi xususida so’z yuritamiz. Odatda ko’p
sonli foydalanuvchilarga ega bo’lgan korporativ kompyuter tarmoqlari uchun maxsus
"Xavfsizlik siyosati" deb ataluvchi, tarmoqda ishlashni ma’lum tartib va qoidalarga
bo’ysindiruvchi (reglamentlovchi) hujjat tuziladi.
Siyosat odatda ikki qismdan iborat bo’ladi: umumiy printsiplar va ishlashning
muayyan qoidalari. Umumiy printsiplar Internetda xavfsizlikka yondashishni aniqlasa,
qoidalar nima ruxsat etilishini va nima ruxsat etilmasligini belgilaydi. Qoidalar
muayyan muolajalar va turli qo’llanmalar bilan to’ldirilishi mumkin.
Himoyaga qo’yiladigan talablarning asosini tahdidlar ro’yxati tashkil etadi.
Bunday talablar o’z navbatida himoyaning zaruriy vazifalari va himoya vositalarini
aniqlaydi.
Demak, kompyuter tarmog’ida axborotni samarali himoyasini ta’minlash uchun
himoya tizimini loyihalash va amalga oshirish uch bosqichda amalga oshirilishi kerak.
- xavf-xatarni taxlillash;
- xavfsizlik siyosatini amalga oshirish;
- xavfsizlik siyosatini madadlash.
Birinchi bosqichda kompyuter tarmog’ining zaif elementlari taxlillanadi,
tahdidlar aniqlanadi va baholanadi, himoyaning optimal vositalari tanlanadi. Xavf-
xatarni taxlillash xavfsizlik siyosatini qabul qilish bilan tugallanadi.
Ikkinchi bosqich — xavfsizlik siyosatini amalga oshirish moliyaviy xarajatlarni
hisoblash va masalalarni yechish uchun mos vositalarni tanlash bilan boshlanadi. Bunda
tanlangan vositalar ishlashining ixtilofli emasligi, vositalarni yetkazib beruvchilarning
obro’si, himoya mexanizmlari va beriladigan kafolatlar xususidagi to’la axborot olish
- 19 -
imkoniyati kabi omillar hisobga olinishi zarur. Undan tashqari, axborot xavfsizligi
bo’yicha asosiy qoidalar aks ettirilgan printsiplar hisobga olinishi kerak.
Uchinchi bosqich — xavfsizlik siyosatini madadlash bosqichi eng muhim
hisoblanadi. Bu bosqichda o’tkaziladigan tadbirlar niyati buzuq odamlarning tarmoqqa
bostirib kirishini doimo nazorat qilib turishni, axborot ob’ektini himoyalash tizimidagi
"rahna"larni aniqlashni, konfidentsial ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanish hollarini
hisobga olishni talab etadi. Tarmoq xavfsizligi siyosatini madadlashda asosiy
javobgarlik tizim ma’muri bo’ynida bo’ladi. U xavfsizlikning muayyan tizimi
buzilishining barcha xollariga operativ munosabat bildirishi, ularni taxlillashi va
moliyaviy vositalarning maksimal tejalishini hisobga olgan holda himoyaning zaruriy
apparat va dasturiy vositalaridan foydalanishi shart.
- 20 -
Dostları ilə paylaş: |