Axborot texnologiyalari


Axborotni simmetrik algoritmlar asosida kriptografik ximoyalash tamoyillari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/45
tarix13.04.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#55283
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
axborot xavfsizligi (1)

Axborotni simmetrik algoritmlar asosida kriptografik ximoyalash tamoyillari 

 

Shifrlash kriptotizimining umumlashtirilgan sxemasi 



 

Uzatiluvchi axborot matni M kriptografik o’zgartirish Ye

k1 

yordamida shifrlanadi, 



natijada shifrmatn C olinadi: 

 

Kriptotizimlarning  ikkita sinfi farqlanadi:  



1.  simmetrik kriptotizim (bir kalitli);  

2.  asimmetrik kriptotizim (ikkita kalitli). 

SHifrlashning  simmetrik  kriptotizimida  shifrlash  va  rasshifrovka  qilish  uchun 

bitta  kalitning  o’zi  ishlatiladi.  Demak,  shifrlash  kalitidan  foydalanish  xuquqiga  ega 

bo’lgan  har  qanday  odam  axborotni  rasshifrovka  qilishi  mumkin.  SHu  sababli, 

simmetrik  kriptotizimlar  mahfiy  kalitli  kriptotizimlar  deb  yuritiladi.  Ya’ni  shifrlash 

kalitidan faqat axborot atalgan odamgina foydalana olishi mumkin. 

 

Elektron  xujjatlarni  uzatishning  konfidentsialligini  simmetrik  kriptotizim 



yordamida  ta’minlash  masalasi  shifrlash  kaliti  konfidentsialligini  ta’minlashga 

keltiriladi.  Odatda,  shifrlash  kaliti  ma’lumotlar  fayli  va  massividan  iborat  bo’ladi  va 

shaxsiy  kalit  eltuvchisidan  masalan,  disketda  yoki  smart-kartada  saqlanadi.  SHaxsiy 

kalit  eltuvchisi  egasidan  boshqa  odamlarning  foydalanishiga  qarshi  choralar  ko’rilishi 

shart.   

Simmetrik  shifrlash  axborotni  "o’zi  uchun",  masalan,  egasi  yo’qligida  undan 

ruxsatsiz  foydalanishni  oldini  olish  maqsadida,  shifrlashda  juda  qulay  xisoblanadi.  Bu 

tanlangan  fayllarni  arxivli  shifrlash  va  butun  bir  mantiqiy  yoki  fizik  disklarni 

shaffof(avtomatik) shifrlash bo’lishi mumkin. 

Simmetrik shifrlashning  noqulayligi  -  axborot  almashinuvi  boshlanmasdan  oldin 

barcha  adresatlar  bilan  maxfiy  kalitlar  bilan  ayirboshlash  zaruriyatidir.  Simmetrik 

kriptotizimda  maxfiy  kalitni  aloqaning  umumfoydalanuvchi  kanallari  orqali  uzatish 

mumkin  emas.  Maxfiy  kalit  jo’natuvchiga  va  qabul  qiluvchiga  kalitlar  tarqatiluvchi 

himoyalangan kanallar orqali uzatilishi kerak. 

Mavjud barcha kriptografik usullar quyidagi sinflarga ajratiladi: 



 

- 24 - 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Mono- va ko’p alifboli o’rniga qo’yishlar (podstanovkalar). 



Bir  xil  alifbodan  foydalangan  holda  ochiq  matnni  boshqa  matnga  murakkab  yoki 

qiyin 


qoida 

bo’yicha  almashtirish  o’rniga  qo’yish  hisoblanadi.  Yuqori 

kriptobardoshlilikni ta’minlash uchun katta kalitlardan foydalanishga to’g’ri keladi. 

O’rin almashtirishlar (perestanovkalar

Bu  ham  uncha  murakkab  bo’lmagan  kriptografik  akslantirish  hisoblanadi,  odatda 

boshqa usullar bilan birgalikda foydalaniladi. 

Gamma qo’shish (Gammalash

Bu  usulda  kalit  asosida  generatsiya  qilinadigan  psevdotasodifiy  sonlar  ketma-

ketligi ochiq matn ustiga qo’yiladi. 

Blokli  shifrlar  shifrlanadigan  matn  blokiga  qo’llaniladigan  asosiy  akslantirish 

usullarini (mumkin bo’lgan takrorlashlar va navbatlar bilan) tasvirlaydi. Blokli shifrlar 

yuqori  kriptobardoshlilikka  ega  ekanligidan  amalda  u  yoki  bu  sinf  akslantirishidan 

ko’proq  uchraydi.  Amerika  va  Rossiyaning  shifrlash  standartlari  aynan  shu  sinf 

shifrlariga asoslangan. 

 


Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin