1. Ma’ruza. Kirish. Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash
muammolari. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va
zaifliklar
Reja:
1. Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash muammolari
2. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va zaifliklar
Axborotning muximlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. SHuning uchun xam
qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo’llanilgan. Ulardan biri – sirli
yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o’qiy
olmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari,
davlatning elchixona rezidentsiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan.
Faqat bir necha o’n yil oldin hamma narsa tubdan o’zgardi, ya’ni axborot o’z qiymatiga
ega bo’ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar,
saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o’g’irlaydilar,
buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. SHunday qilib, axborotni himoyalash
zaruriyati tug’iladi. Axborotni qayta ishlash sanoatining paydo bo’lishi axborotni
himoyalash sanoatining paydo bo’lishiga olib keladi.
Xavfsizlikning asosiy yo’nalishlari
Dostları ilə paylaş: |