Axborot texnologiyalari


To‟rtinchi avlod mashinalari



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix25.11.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#70550
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1-mavzu

To‟rtinchi avlod mashinalari. To‘rtinchi avlod mashinalari- bu hisoblash 
texnikasi rivojlanishida yangi qadamdir.To‘rtinchi avlod EHMlari katta integral 
sxemalarda qurilgan, ko‘p prosessorli mashinalardir. Bu turdagi EHM larning 
tezligi sekundiga 10 million amaldan ortiqdir. 
To‘rtinchi avlodga tegishli bo‘lgan hisoblash mashinalaridan biri ko‘p prosessorli 
hisoblash kompleksi- «ELBRUS» dir. KXK «Elbrus» zamonaviy aloqa yo‘llari 
orqali juda ko‘p EHM larni yagona markazga birlashtirish va ularga uzoqda 


joylashgan termininallarni ulash imkoniyatiga ega. Bu holda barcha 
foydalanuvchilar ixtiyoriy EHM dan foydalanish va undagi axborotlarni olish 
imkoniyatiga ega bo‘la oladilar. EHMlardan foydalanishning bu usuli ( 
ko‘pchilikning bir paytda foydalanishi) hisoblash tarmog‘i bo‘lib, u o‘zaro bir-
biriga ulangan va ma‘lumotlarni bir-biriga tezda uzata oladigan EHMlar guruxidan 
iboratdir.
Beshinchi avlod mashinalari - Hozirgi eng zamonaviy IBM PC tizimidagi 
kompyuterlar 5-avlod EHM hisoblanadi. EHM bu avlodi matiqiy masalalarni hal 
qila oladi. Rasm va chizmalarni taniydi. Matnlarni tarjima qila oladi. Multimediya 
sistemasi yordamida musiqa eshitish, tasvirlarning harakatini ko‘rish mumkin. Bu 
avlod mashinalariga: IBM-386, 486, Pentium I, II, III, IV rusumidagi 
kompyuterlar kiradi.
Ushbu EHM tarkibidagi arifmetik – mantiqiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish 
va chiqarish kabi qurilmalar uning arxitekturasini tashkil etadi. Ulardan arifmetik – 
mantiqiy va boshqarish qurilmalari prosessor(markaziy prosessor)ni tashkil 
qiladilar.
Shunday qilib, universal EHM lar arxitekturasiga qarab quyidagilarga 
bo‘linadi: 
Birinchi avlod EHM lari - bu tarkibida tezkor xotira qurilmasi ham bor 
bo‘lgan «bazaviy EHM»dir; 
Ikkinchi avlod EHM lari- bu birinchi avlod mashinasidan tarkibida tashqi 
xotira qurilmasi ham borligi bilan farq qiladi; 
Uchinchi avlod EHM lari- bu ikkinchi avlod mashinasidan tarkibida 
almashuv (kanal) qurilmasi ham borligi bilan farq qiladi. Almashuv (kanal) 
qurilmasi tezkor xotira bilan EHM ning tashqi qurilmalari orasida axborot 
almashuviga imkon beradi. Shu tufayli ko‘p dasturli (bir vaqtning o‘zida, misol 
uchun, axborotni chop etish, musiqani ijro etish, ma‘lumotlarni kiritish va hokazo) 
rejimni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. BESM-6, ES EHM va boshqalar uchinchi 
avlod mashinalari sirasiga kiradi ; 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin