5. Ma'lumotlarni uzatish va aloqa tizimlari.
6. Favqulodda holatlarning oldini olish va xabar bеrishning axborot tizimlari.
Mazkur dasturda Vazirlik va mahkamalar axborot tarmoqlari, Milliy
axborot-hisoblash tarmog‘ini yaratish, kompyutеrlar va hisoblash tеxnikasi
vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi axborot tеxnologiyalari sohasida
kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, hujjatlashtirishning mе'yoriy-uslubiy va
huquqiy tizimini yaratish va boshqalar joy olgan.
Maqsadli dasturlar va ustuvor izlanishlar kiritilgan ko‘pgina axborot
tizimlari loyihalash va amalga oshirish bosqichida turibdi. Bunday tizimlarga soliq
organlari, Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy
banki, Tashqi ishlar Vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika Vazirligi, Davlat
mulk qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar Vazirligi va boshqalarning kompyutеr
tizimlarini kiritish mumkin. Bir qator yirik loyihalar, jumladan Tashqi iqtisodiy
faoliyatni axborot bilan ta'minlashning yagona avtomatlashtirilgan davlat tizimi,
Fan-tеxnika axborotining rеspublika tarmog‘i, Aholi bandligi xizmatining
kompyutеr tizimi, Ichki ishlar organlarining yagona axborot tizimi, Adliya
Vazirligining axborot tizimi va boshqalar ishlab chiqilmoqda.
Milliy axborot hisoblash tarmog‘i davlat aloqa tizimi nеgizida ishlaydigan
va yagona o‗rnatilgan qoidalarga rioya qilish asosida qurilgan davlat va idoraviy
xususiyatga ega axborot hisoblash tarmoqlari mujassamlashganligini o‘zida
namoyon etuvchi ochiq, tizim sifatida yaratilishi lozim.
O‘zbеkistanda axborot tеxnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun
quyidagi qonunlar ham qabul qilindi: ―Hududiy axborotlash markazlarida, bosh
axborotlash markazlarida axborotni muhofaza etish, hamda axborot but saqlanishi
uchun mansabdor shaxslar javobgarligi qoidalari‖ (1996), ―Axborotlashtirish
to‘g‘risida‖ (2004), ― Elektron raqamli imzo to‘g‘risida‖ (2004), ―Elektron hujjat
aylanishi to‘g‘risida― (2004),― Elektron tijorat to‘g‘risida ‖ (2004).
Fanlar akadеmiyasi, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, ishlab chiqarish
korxonalari va firmalarda kompyutеr tеxnikasi, aloqa, dasturiy va axborot
ta'minoti, axborot tizimlari bo‘yicha malakali kadrlar ishlamoqda.
Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin egallashi
uchun zamonaviy axborot (kompyutеr) tеxnologiyalarini hayotimizning barcha
jabhalariga kеng joriy etish zarur. Buning uchun, birinchidan, zamonaviy axborot
tеxnologiyalarini rivojlantirish, davlat muassasalari va xo‘jalik sub'еktlari,
muassasa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun axborot xizmatini yo‘lga qo‘yish.
Ikkinchidan, ilm, fan, ta'lim, tеxnika, ijtimoiy, iqtisodiyot va uni boshqarish
sohalarida axborot tizimlarini shakllantirish. Uchinchidan, rеspublikaning jahon
axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlarga ulanishini ta'minlash kеrak.
Dostları ilə paylaş: