joylashgan termininallarni ulash imkoniyatiga ega. Bu holda barcha
foydalanuvchilar ixtiyoriy EHM dan foydalanish va undagi axborotlarni olish
imkoniyatiga ega bo‘la oladilar. EHMlardan foydalanishning bu usuli (
ko‘pchilikning bir paytda foydalanishi) hisoblash tarmog‘i bo‘lib, u o‘zaro bir-
biriga ulangan va ma‘lumotlarni bir-biriga tezda uzata oladigan EHMlar guruxidan
iboratdir.
Beshinchi avlod mashinalari - Hozirgi eng zamonaviy IBM PC tizimidagi
kompyuterlar 5-avlod EHM hisoblanadi. EHM bu avlodi matiqiy masalalarni hal
qila oladi. Rasm va chizmalarni taniydi. Matnlarni tarjima qila oladi. Multimediya
sistemasi yordamida musiqa eshitish, tasvirlarning harakatini ko‘rish mumkin. Bu
avlod mashinalariga: IBM-386, 486, Pentium I, II, III, IV rusumidagi
kompyuterlar kiradi.
Ushbu EHM tarkibidagi
arifmetik – mantiqiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish
va chiqarish kabi qurilmalar uning arxitekturasini tashkil etadi. Ulardan arifmetik –
mantiqiy va boshqarish qurilmalari
prosessor(markaziy prosessor)ni tashkil
qiladilar.
Shunday qilib, universal EHM lar arxitekturasiga qarab quyidagilarga
bo‘linadi:
Birinchi avlod EHM lari - bu tarkibida tezkor xotira qurilmasi ham bor
bo‘lgan «bazaviy EHM»dir;
Ikkinchi avlod EHM lari- bu birinchi avlod mashinasidan tarkibida tashqi
xotira qurilmasi ham borligi bilan farq qiladi;
Uchinchi avlod EHM lari- bu ikkinchi avlod mashinasidan tarkibida
almashuv (kanal) qurilmasi ham borligi bilan farq qiladi. Almashuv (kanal)
qurilmasi tezkor xotira bilan EHM ning tashqi qurilmalari orasida axborot
almashuviga imkon beradi. Shu tufayli ko‘p dasturli (bir vaqtning o‘zida, misol
uchun, axborotni chop etish, musiqani ijro etish, ma‘lumotlarni kiritish va hokazo)
rejimni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. BESM-6, ES EHM va boshqalar uchinchi
avlod mashinalari sirasiga kiradi ;
Dostları ilə paylaş: