Ikkinchi avlod mashinalari. (1960 yillar boshlari). Ikkinchi avlod mashinalari
birinchi avlod mashinalaridan farqli o‘laroq markaziy prosessorining elimentlar
bazasi sifatida tranzistorlar ishlatilgan operativ xotira, avvalgidek ferromagnit
o‘zaklaridan quriladi, ammo ularning o‘lchovlari keskin kamaytirilgan edi.
Ikkinchi avlod mashinalari o‘zining parametrlari bo‘yicha birinchi avlod
mashinalaridan keskin ustunlikka ega edi. Ular bir sekundda 100 000 taga yaqin
amallardan iborat tezkorlikka va 10 000 ta so‘zdan iborat operativ xotira xajmiga
ega edi. Tranzistorlar asosida yig‘ilgan.
Ikkinchi avlod mashinalari qatoriga Rossiyada ishlab chiqarilgan Mir, Minsk-22,
M-220, BESM-4, Minsk-32 va boshqalar kiradi.
Birinchi avlod mashinalarida ishlaganda dasturlovchi dasto‘rni bevosita mashina
tilida yozar, ikkinchi avlod mashinalarining ko‘pchiligi esa mashinalar tilida
dasturlashdan algoritmik tillarda dasturlashga o‘tilgan. Birinchi algoritmik tillar
50-yillarning oxiri 60-yillarning boshida paydo bo‘ldi. Misol sifatida Algol-60 ni
keltirish mumkin.
Algoritmik tillarning muhim afzalligi ularning universalligida va xalkaro
standartning mavjudligidadir, bu tillarda yozilgan dastur qanday konkret tur
mashinaga mo‘ljallanganiga mutlaqo bog‘lik emas. Algoritmik tilda yozilgan
dastur EHMda bajarilishi uchun u, avvalo, shu universal tildan mashinaning o‘z
tiliga o‘tkazilishi lozim. Buni EHM ning o‘zi maxsus dastur -traslyator (translator-tarjimon) yordamida amalga oshiriladi. Uchinchi avlod mashinalari. (1960 yillar oxiri va 70 yillar boshlari). Yarim
o‘tkazgichlarni ishlab chikarish texnologiyasining takomillashishi integral sxemalar deb nom olgan mikroelektron qurilmalarining yaratilishiga olib keldi.
Alohida tranzistorlar o‘rniga integral sxemalardan foydalanish EHM uzellari
o‘lchamlarini ancha kamaytirishga, ularning tejamliligiga va mustaxkamligini
oshirishga imkon beradi. Integral sxemalar uchinchi avlod mashinalari markaziy
prosessorlarining elementlar bazasi bo‘lib qoladi.
Hisoblash texnikasida integral sxemalarining keng qo‘llanilishi ularni
takomillashtirish, tezkorligini sekundiga 10 mln. ta amalga yetkazish, operativ
xotirani bir necha megabaytgacha (MB) kengaytirish kabi yangi imkoniyatlar
ochdi. Uchinchi avlod mashinalariga misol qilib yagona sistemadagi EHM (YeS
EVM) larni keltirish mumkin. Bu sistema SEV ga a‘zo sosialistik mamlakatlarning
halqaro xamkorligi tomonidan 1969 yil dekabrida tasdiqlangan ko‘p tomonlama
kelishuvi buyicha yaratildi va ularni 1972 yildan boshlab ishlab chiqarildi. Keyingi
yillarda YeS EVM ning uzgartirilgan modellarini chiqarish boshlandi.Yagona
sistemadagi EXM qator kapitalistik mamlakatlardagi EXM modellari bilan raqobat
qila oladi. Turiga qarab sekundiga 2 mln. gacha turli amallarni bajara oladi.