tezkor almashtiriladi. Natijada multiplikasiyaga o‘xshash harakatlanuvchi
(animasion) tasvir hosil bo‘ladi. Filmlar va video ma‘lumotlarning
asosini
animasiyalar tashkil etadi, chunki filmlar namoyishida bir soniyada 25-30 ta tasvir
tezkor almashtiriladi. Shundan qilib, videofilm tarkibidagi
tasvirlarni hisoblab
chiqish mumkin, ya‘ni bir soatlik film 3600 soniyani, undagi tasvirlar esa 90
mingtani tashkil etadi.
Animasiya orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
matn axborotini qismlashni;
tasvir qismlarining so‘zsiz harakati jarayonini;
rasm harakatlarini;
tarixiy janglarning so‘zsiz harakatini;
fizik va kimyoviy jarayonlarni;
texnologik jarayonlarni;
tabiiy hodisalar jarayonini;
siyosiy hodisalar jarayonini;
ijtimoiy hodisalar jarayonini;
Axborot birliklari, axborotning o‟lchov va hajm tushunchalari. Har
qanday maxsulotning o‘lchov birligi mavjud,
masalan litr, metr, kilometr,
kilogramm, volt, amper, kubometr va boshqalar. Xuddi shunga o‘xshash
axborotning ham o‘lchovi mavjud. Ikkilik sanoq tizimida axborotning eng kichik
birligi
bit xisoblanadi, bir bit bu bitta ―1‖ yoki bitta ―0‖. Bunda signalning
mavjudligi ―1‖ bilan yoki yo‘qligi ―0‖ bilan ifodalanadi.
Bitlarning butun deb
qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul
qilingan. Shuningdek katta hajmdagi ma‘lumotlar sig‘imini o‘lchash
uchun
kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va x.k.o‘lchamlar
mavjud:
1 Kb =1024 bayt,
1 Mb=1024 Kbayt,
1 Gb =1024 Mbayt,
1 Tb =1024 Gbayt.
Zamonaviy tarmoqlarda ma‘lumotlarni uzatish ketma-ket amalga oshiriladi,
ya‘ni bir bayt axborot bitlar bo‘yicha uzatiladi. Tarmoq sohasida kilobayt va
megabaytlar fanning boshqa sohalaridagidek o‘nli sanoq tizimiga mos keladi.
Dostları ilə paylaş: