Parallel ulashda tok bir nechta tarmoqqa ajralib ketadi va o’rtasida bir necha
orolcha bo’lgan daryoni eslatadi. Parallel ulash haqida gapirilganda, odatda,
quyidagi ikki atamadan: “parallel tarmoqlanish” va “parallel tarmoqlanish tuguni”
atamalaridan foydalaniladi.
1. Iste’molchilarni parallel ulashda elektr kuchlanish.
Parallel ulashda hamma
asboblar aynan bir tok manbaiga ulangani uchun ularda kuchlanish bir xil bo’ladi.
Buni quyidagicha yozishimiz mumkin:
U = U
1
= U
2
= U
3
= … = U
n
.
(1-formula)
2. Iste’molchilar parallel ulangan zanjirdagi tok kuchi.
59-rasmda tasvirlangan
elektr zanjirni yig’amiz. Ampermetrlarning ko’rsatishlarini kuzatib, quyidagi
xulosaga kelish mumkin:
zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi tok kuchi uning
ayrim tarmoqlaridagi tok kuchlarining yig’indisiga teng:
I = I
1
+ I
2
.
Agar bizda ikkita emas, balki
n
ta iste’molchi bo’lsa, u holda tarmoqdagi tok
kuchi
n
ta iste’molchidan o’tayotgan tok kuchlarining yig’indisiga teng bo’ladi:
I = I
1
+ I
2
+ I
3
+ … + I
n
. (2-formula)
Dostları ilə paylaş: