42
Mutaxassislarning fikricha, Opera brauzeri Internet juda sekin (va
agar tez bo‘lsa, unda juda qimmat) bo‘lgan
davrning ehtiyojlarini
mukammal aks ettirgan, aksariyat foydalanuvchilarning kompyuterlari
unchalik unumli emas edi. Asta-sekin onlayn kanallar tezligi oshdi va
unga kirish arzonlashdi. Kompyuterlar beqiyos kuchliroq bo‘ldi. Va
shuning uchun brauzerning asosiy tarixiy afzalligi veb-sahifalarni qayta
ishlash tezligi juda muhim bo‘lishni to‘xtatdi. Bu mutaxassislarga
Operaning hozirgi bozordagi pozitsiyalari yеtakchilikdan yiroq
ekanligini tushuntiradi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki,
Rossiyada
ushbu brauzer eng mashhurlari qatoriga kiradi (ba’zi manbalarga ko‘ra,
Rossiya Federatsiyasidan Internet foydalanuvchilarining taxminan 15
foizi Norvegiya dasturini afzal ko‘radi).
Savollar:
1.
Interfeys nima?
2.
Sistemaviy dasturiy ta’minotga ta’rif bering.
3.
Sistemaviy dasturiy ta’minot necha qismga bo‘lib o‘rganiladi?
4.
Amaliy dasturiy ta’minotga ta’rif bering
5.
Amaliy dasturlarning kategoriyalarini ayting.
6.
Uskunaviy dasturiy vositalarga misol keltiring
43
III-BOB. BERILGANLAR BAZASI BOSHQARUVINING
TEXNIK ASOSLARI
3.1.
Mavzu: Berilganlar bazasi boshqaruvining texnik asoslari
Reja:
1.
Berilganlar bazasi boshqaruvining texnik asoslari. Berilganlarni
boshqarish. Big Data.
2.
Berilganlar bazasini boshqarish. Berilganlar asosiy tushunchalari
3.
Berilgan bazasi tuzilmalari. Berilganlar bazasini rivojlantirish.
Axborot
bilan
ta’minlash
tizimlarining
rivojlantirilishi
foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan
extiyojlarini qondirishda
avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankiga o‘tish imkoniyatini yaratdi.
Ma’lumotlar banki – zaruriy axborotni olish maqsadida
ma’lumotlarni markazlashgan holda saqlash va jamoa bo‘lib
foydalanish uchun mo‘ljallangan axborotli, tematik,
dasturiy, tillar,
tashkiliy va texnik (saqlanayotgan ma’lumotlar hamda texnologik
jarayonda band personalni qo‘shganda) vositalarining tizimi sifatida
ifodalanishi mumkin.
Ma’lumotlar banki uni ishlashi va qo‘llanilishini ta’minlab
beruvchi dasturiy to‘plamlari bilan birgalikda
avtomatlashtirilgan
ma’lumotlar banki deb ataladi.
Avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki inson-mashina tizimidan
iborat
bo‘lib,
ichki
foydalanuvchilar
hamda
kompyuter,
kommunikatsiya texnikasi asosida axborotni zaruriy qayta ishlash va
uzatishni amalga oshiruvchi texnologiyaning axborot jarayonlarini o‘z
ichiga oladi. Ma’lumotlar bankiga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
muammoli sohaning holatiga axborotning mos kelishi;
ishlashning ishonchliligi;
tezkorligi
va unumdorligi;
foydalanishning oddiy va qulayliligi;
foydalanishning ommaviyligi;
axborotning ximoyalanganliligi;
kengaytirish imkoniyatlarining mavjudligi.
Ma’lumotlar bankining tarkibi unga yuklatilgan vazifalar va
yechilishi kerak bo‘lgan masalalarning xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda
aniqlanadi.
Ma’lumotlar
bankining
asosiy
vazifalari
quydagilardan iborat:
44
axborotni saqlash va
uni himoyalashni tashkil etish;
saqlanayotgan ma’lumotlarning davriy dolbzarbligini
ta’minlash;
foydalanuvchilar va amaliy dasturlarning so‘rovlari
bo‘yicha ma’lumotlarni izlash va tanlash;
olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va belgilangan shaklda
natijalarni chiqarish.
Ma’lumotlar bankining tarkibiy elementlari qatoriga quyidagilar
kiradi:
1) bir yoki bir necha ma’lumotlar bazasi;
2) ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (MBBT);
3) masalalarni echishning amaliy dasturlar to‘plami;
Dostları ilə paylaş: