Axborot tizimlari


asosiy  (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi (xizmat ko‘rsatuvchi)



Yüklə 3,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/96
tarix11.10.2023
ölçüsü3,4 Mb.
#154125
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   96
G.H.To\'rayueva, D.H.Fayziyeva AXBOROT TIZIMLARI (o\'quv qo\'llanma) 2023

asosiy 
(bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi (xizmat ko‘rsatuvchi) 


34 
dasturiy ta’minotdan iborat
. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan 
birgalikda yеtkazib berilsa, xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minot 
alohida, qo‘shimcha tarzda yaratilishi mumkin. 
Asosiy dasturiy ta’minot (base software) 

kompyuter ishini 
ta’minlovchi dasturlarining minimal to‘plami. 
Asosiy dasturiy ta’minotni qo‘shimcha ravishda o‘rnatiladigan 
xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar to‘plami to‘ldirib turadi. Bunday 
dasturlarni ko‘pincha utilitlar deb atashadi. 
Utilitlar 

ma’lumotlami 
qayta 
ishlashda 
qo‘shimcha 
operatsiyalami bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko‘rsatishga 
(tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni 
optimallashtirish va boshqalar) mo‘ljallangan dasturlardir. 
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage)

bu 
aniq bir predmet sohasi bo‘yicha ma’lum bir masalalar sinfini 
yеchishga mo‘ljallangan dasturlar majmuasidir. 
2.7-rasm. Amaliy dasturlarning logotiplari 
 
Amaliy dasturiy ta’minot

ADT amaliy dasturchi uchun uning 
faoliyatini natijaviy maqsadi bo‘ladi va bir vaqtning o‘zida 
foydalanuvchining ish qurolidir. Aniq soha mutaxassisi, bir vaqt o‘zida 
ma’lumotlarni qayta ish lash sohasida, ham mutaxassis bo‘lishga 
majbur emas, u dastur tuzishni bilishi ham shart emas. Ammo u, 
kompyuter bilan ishlash usul va yo‘llarini, tizimli, ayniqsa amaliy 
dastur vazifasi va imkoniyatlarini o‘zining muammoli sohasi uchun 
bilishi shart. 


35 
Amaliy dasturiy ta’minot, kompyuterni ishlov berish tizimlarini, 
turli sohalar masalalarini yechishga ta’minlaydi. Amaliy dastur yoki 
ilova 

bu ma’lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalarining 
aniq soha masalalarini yoki masalalar sinfini yechishga mo‘ljallangan 
dasturdir. ATni qo‘llash aniq sohasi muammoli soha deyiladi. 
Quyida amaliy dasturlar turlari keltiriladi: 

Matn muharrirlari (redaktorlari) – Word, Word Perfect, Tex va 
ko‘pgina boshqalar turli bosma hujjatlarni 

ma’lumotnoma, 
vedomostlar, maqola, hisobot va h.k.larni tayyorlash uchun 
ishlatiladi.

Grafik muharrirlar, ular yordamida turli rasm, chizma, grafika, 
diagramma, illyustratsiya va shu bilan birga uch o‘lchamli tasvirlar 
ishlab chiqiladi: Ular Paint, Adobe Photo Shop, Corel Draw, 3D 
Studio MS va h.k.lar. 

Elektron jadvallar 

odatdagi jadvallarning elektron ko‘rinishi 
bo‘lib, ularning yordamida matn va sonli ma’lumotni avtomatik 
tarzda qayta ishlanadi. Ular – Lotus, Super Cale, Excel, Quattro Pro 
va qator shunga o‘xshash tizimlardir. 

MB – bir yoki bir nechta ob’ektlar ma’lumotlari, xossalari va o‘zaro 
bog‘lanishlari haqidagi ma’lumotlarni saqlashga mo‘ljallangan 
dasturiy tizimlar. 

Integrallashgan tizimlar, yuqorida keltirilgan maxsus paketlarga 
o‘xshash komponentalarni, paketning hamma tashkil etuvchilari 
bilan birga yagona o‘zaro bog‘lanish stilini ta’minlaydigan tizim va 
shu bilan birga paket turli komponentalari o‘rtasida qulay, samarali 
usulni ham ta’minlaydi.

Hujjat aylanuvi tizimlari. O‘z ichiga rejalashtirish va boshqarish 
instrumentlarini, xo‘jalik va moliya faoliyatini avtomatlashtirish, 
mahsulotlarni hisobga olish, turli hisobotlarni tayyorlash, 
devonxona hujjat almashinuvi, turli ish yozishmalari va h.k. 
instrumentlarni olgan tizimi (masalan, “SKAT”, “Parus”, “Evfrat”). 

Buxgalterlik va moliya dasturlari, ular turli korxona va 
tashkilotlarning analitik 
va 
buxgalterlik 
bo‘limlari 
ishini 
avtomatlashtirish imkonini beradi. 

Korrektorlar – ixtiyoriy matn, hujjat va hisobotlarda imlo 
qoidalarini tekshirishni ta’minlovchi dasturlar. Ular hamma 


36 
zamonaviy bo‘g‘in ko‘chirish, orfografik va tinish begilari 
qoidalariga amal qiladi (“Orfo”, “Propis” tizimlari). 

Tarjimon va elektron lug‘atlar, bu dasturlar yordamida bir tildan 
ikkinchisiga avtomat tarzda tarjima qiladi. Masalan, “Lingua 
Match”, “Corresponded” paketi ish yozishmalarini 6 ta tilda olib 
borish imkonini beradi. “Multileks Pro” elektron lug‘ati 2 mln. rus 
va ingliz so‘zlarini o‘z ichiga olgan. 

Shaxsiy menejer va organayzerlar. Bu dasturlar insonga, turli 
ma’lumotlar: telefon raqamlar, adreslar, tug‘ilgan kunlarni olgan 
yon daftarcha va turli uchrashuv, anjumanlar kuni vaqti va h.k.lar 
belgilangan yozuv daftarini o‘rnini bosadi. 
Shaxsiy menedjer – bu dastur shaxsiy va jamoa faoliyatini 
rejalovchidir, yoki shaxsiy “budilnik eslatuvchi” desa bo‘ladi, yana bu 
“bir umrlik kalendar”, pochta dasturi va h.k.larni o‘z ichiga oladi. U 
shaxsiy va ish ma’lumotlarini tashkillashtiruvchidir. Masalan, MS 
Outlook, Google Calendar onlayn xizmati. 

Ta’lim, o‘rgatuvchi va multimediali ensiklopedia dasturlari. Ta’lim 
dasturlari paketi turli fanlar: matematika, chet tili, kimyo, biologiya 
va h.k.lar bo‘yicha individual ta’lim berish va o‘qitish sifatini 
tekshirish dasturlaridan iboratdir. 

Multimedia dasturlari tovush va videoma’lumotlarni ko‘rish va 
eshitishga yordami beradigan va ularniyaratish, yozish va tahrirlash 
vositalarini o‘z ichiga olgan. 

O‘yin va dam olishga yordam beradigan dasturlar. 



Yüklə 3,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin