Axborot tizimlari


Ma’lumotlarning mustaqilligi



Yüklə 3,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/96
tarix11.10.2023
ölçüsü3,4 Mb.
#154125
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   96
G.H.To\'rayueva, D.H.Fayziyeva AXBOROT TIZIMLARI (o\'quv qo\'llanma) 2023

Ma’lumotlarning mustaqilligi

MBBTga qo‘yilgan asosiy 
talab, talablarning kuchli tili esa foydalanuvchining talablarini 
qondirishning muhim shartidir. Bu tillar assotsiativ manzillashtirish va 
ma’lumotlar to‘plami bilan amallar bajarish vositalariga ega. Bu esa o‘z 
navbatida EHMlardan samarali foydalanishga sharoit yaratadi. 
MBBT ikki tartibda: interpretator va kompilyator tartibda ishlashi 
mumkin. 
Interpretator tartibda
dasturlarning buyruqlari bosqichma-
bosqich, birin-ketin bajariladi. Unda har bir buyruq nazorat qilinadi, 
so‘ngra mashina tiliga aylantirib, bajariladi. Tegishli amallar 
bajarilgandan keyin, ular xotiradan o‘chiriladi, tizim qayta ishlash 
bosqichiga o‘tadi va keyingi buyruqni bajarishga kirishadi, interpritator 


50 
tartibida “.exe” kengaytmali fayl hosil qilinmaydi. Bunday faylni hosil 
qilish uchun kompilyator tartibida foydalaniladi.
Kompilyator tartibida
buyruqlar bevosita bajarilmaydi, balki 
ular “.exe” faylga yoziladi. .exe faylni hosil qilish jarayoni ikki 
bosqichdan iborat bo‘ladi: boshlang‘ich dasturni nazorat qilish va uni 
.obj turga aylantirish; matn muharriri yordamida dasturni .exe faylga 
aylantirish. .exe faylning bajarilishi uchun MBBT ning mavjud bo‘lishi 
shart emas, interpretator tartibida ishlaydigan MBBT ga dBase III Plus, 
FoxBase va Karat kiradi, kompilyator tartibida Clipper, panel tartibida 
esa Clario ishlaydi. 
MBBT foydalanuvchi bilan ma’lumotlar bazasi o‘rtasidagi 
aloqani ta’minlovchi dastur sifatida ishtirok etadi. Uning funktsiyalari 
menyu va dasturlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Menyu tartibi MBBTning funksiyalari ekranda tasvirlanadi. 
Foydalanuvchi kursorni harakatlantirish orqali tegishli funksiyani 
aniqlashi va bajarishga chaqirishi lozim. Tizim aniqlangan 
funksiyalarni bajarib bo‘lgandan so‘ng yana menyu holatiga qaytadi. 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi quyidagilarga imkon 
beruvchi dasturiy vositalarning to‘plamidir. 
a) foydalanuvchilarni ma’lumotlarni aniqlash va amallar bajarish 
tili vositalari bilan ta’minlaydi. Bunday vositalarga ma’lumotlarni 
aniqlash tili (MAT) va ma’lumotlar bilan amallar bajarish (MABT) 
kiradi. Ma’lumotlar tili atamasi aytib o‘tilganlarining har ikkalasini 
yoki ulardan birini anglatadi. Ma’lumotlar so‘zi ma’lumotlar tilini C++, 
Pascal va h.k. kabi tillar turidan farqlaydi. Lekin ma’lumotlar tili 
universal tilga, masalan C++, Pascalga kiritilishi mumkin. Bunday hoda 
dasturlashning universal tili va ma’lumotlar tili tegishli ravishda 
(kirituvchi) til va ma’lumotlarning til osti deb ataladi. 
b) foydalanuvchining ma’lumotlar modelini qo‘llab-quvvatlashni 
ta’minlaydi. Ma’lumotlar modeli ba’zi ilovaga tegishli fizik 
ma’lumotlarning mantiqiy taqdim etilishini aniqlash vositasidir. 
v) aniqlash, yaratish va ma’lumotlar bilan mantiqiy amallar 
bajarish (ya’ni tanlash, yangilash, kiritish va yo‘q qilish)ga imkon 
beruvchi MAT va MABT funktsiyalarini amalga oshiruvchi dasturlar. 
g) ma’lumotlarning himoyasi va yaxlitligini ta’minlaydi. 
Tizimdan foydalanish faqat shunga huquqi (himoyasi) bo‘lgan 
foydalanuvchigagina ruxsat etiladi. Foydalanuvchilar ma’lumotlar 
ustida operatsiya bajarayotganlarida saqlanayotgan ma’lumotlarning 


51 
muvofiqligi (yaxlitligi) ta’minlanadi. Gap shundaki, MBBT ko‘plab 
foydalanuvchilar jamoa bo‘lib ishlash rejimiga asosan tuziladi. 
Ma’lumotlar bazalarini loyihalashtirishda quyidagi tavsiflarni 
solishtirish va tahlil qilishga asoslangan MBBTni asoslab tanlab olish 
muhim vazifa hisoblanadi: 
- dasturiy texnik bazasi (EHM turi va modeli, hisoblash vositalari 
konfiguryatsiyasiga qo‘yiladigan talablar, OT versiyasi); 
- ma’lumotlar bazalarining turlari (amaliy, muammoli, lokal, 
integrellashgan, taqsimlangan); 
- foydalanuvchilarning malakalari (MBBT bilan ishlash uchun 
maxsus tayyorgarlikga ega bo‘lmagan foydalanuvchi, mutaxassisligi 
dasturchi bo‘lmagan darajadagi ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga 
tayyorgarligi 
bo‘lgan 
muammoli 
sohasining 
mutaxassisi 
– 
foydalanuvchi, 
amaliy 
dasturchi, 
ma’lumotlar 
bazalarining 
administratori); 
- ma’lumotlar bazalari bilan foydalanuvchilarning muloqat qilish 
vositalari (dasturlash tillarini o‘z ichiga oluvchi ma’lumotlar ustida ish 
olib borish va tasvirlash tili); 
- ma’lumotlarni qayta ishlash rejimi (paketli, interaktiv, tarmoqli); 
- ma’lumotlarni mantiqiy va fizik mustaqilligi
- ma’lumotlar bazalari axborot strukturalarining asosiy xossalari 
(mantiqiy tuzilishi
- MBBT vositalari orqali amal qiladigan va tashkiliy tuzilmasini 
o‘zgartirmasdan uni modifikatsiya qilish imkoniyati, ma’lumotlar turini 
kengaytirgan holda qarshiliksiz ishlov berishda); 
- xavfsizlik darajasini ta’minlash va ma’lumotlarning to‘laqonligi; 

xizmat 
ko‘rsatishning 
standart 
vositalari 
mavjudligi 
(ma’lumotlar bazalarini kuzatishni doimiy dasturiy modullarini va 
ma’lumotlar lug‘atini, ma’lumotlar bazalarini engillashtiradigan 
(yukini 
tushiradigan), 
qayta 
tashkil 
etadigan 
va 
qayta 
strukturalashtiradigan, tiklaydigan jurnalni yuritish, kiritish va 
hisobotlar generatorlari va h.k.); 
- ishlatish tavsiflari (loyihachilar haqida, sarmoya egalari haqida, 
moddiy-texnik ta’minotga bo‘lgan talablar, tarqatish shakli). 
Umumiy olganda zamonaviy MBBTlar quyidagi talablarga javob 
berishi lozim: 

ma’lumotlarning mustaqilligi; 


52 

talablarning kuchli tili; 

javob (sado berish) ning qisqa vaqti; 

ma’lumotlar va kataloglarni qayta tashkil etishni qisqartirish 
yoki ulardan 

voz kechish. 

Yüklə 3,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin