33
- Utilitalar;
- Drayverlar;
- Arxivatorlar;
- Antivirus va yana turli dasturlar kiradi.
Operatsion tizimlar, kompyuterning (hisoblash tizimining)
hamma apparat vositalarining ishini samarali va uning barcha
resurslarini boshqarish imkoniyatni ta’minlaydi.
Operatsion qobiqlar (obolochki), operatsion tizimlar ishini
boshqarish
qulayligini
oshirishga
mo‘ljallangan
qo‘shimcha
dasturlardan iboratdir. Masalan, Total Commander.
Utilitalar. (utility
foydalilik) hajmi kichik ammo juda foydali
dasturlar bo‘lib, apparat vositalar ishini boshqarish bo‘yicha turli
xildagi yordamchi funksiyalarni bajaradi va ularning ishlovchanlik
qobiliyatini, xizmat qilish va sozlashni tekshiradi.
Dasturlar va turli tashqi qurilmalar o‘rtasida ma’lumot almashish
amallarini bajarish uchun OT tarkibiga qator moslashtirilgan maxsus
dasturlar kiritilgan, ularni – drayverlar (drive-boshqarish) deb atalgan
dasturlar kiritilgan.
Agar, mos drayver bo‘lmasa yoki qurilmaga drayver to‘g‘ri
kelmasa, bu qurilma kompyuter yoki hisob-tizimi uchun befoydadir.
Arxivator dasturlar, muhim dasturlar va ma’lumotlar
majmuasini arxiv nusxalarini yaratish uchun xizmat qiladi. Arxivator,
shu bilan birga hajmni minimallashtiradi va arxivni tashqi jamlamaga
joylashtirish oson bo‘ladi.
Antivirus dasturlar
foydalanuvchini kompyuter viruslari bilan
kurashishda zaruriy vositalar bilan ta’minlaydi.
Tizimli dasturlar tizimli dasturchilar deb ataluvchi mutaxassislar
tomonidan ishlab chiqiladi, sozlanadi, ishchi holatda ushlab turiladi va
kuzatiladi. Ular yuqori darajada malakaga ega bo‘lishi, kompyuterning
apparat ta’minotini detallashgan holda bilishlar, kattaliklar bilan
mashina darajasida ishlash usullarini ham bilishlari kerak.
Oddiy foydalanuvchilar ham doimiy tarzda tizimli dasturlar bilan
to‘qnashishga to‘g‘ri keladi, ammo ularni ekspluotatsiya qilish va o‘z
masalalarida ularning imkoniyatlaridan foydalanish nuqtai nazaridan
to‘qnashadilar.
Sistemaviy dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan
Dostları ilə paylaş: