Axborotlashtirish jarayoni deganda – inson faoliyatining muxim
yo’nalishlarida olingan bilimlardan samarali foydalanish uchun ko’rilgan kopleks
chora-tadbirlar tushuniladi.
Zamonaviy va samarali echimlar topish uchun ko’plab, struktura jihatidan
murakkab axborot tizimi yaratilmoqda, natijada, axborotlashtirish jarayonida
ishtirok etuvchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu jamiyat va moddiy ishlab
chiqarish tarmoqlarining ko’plab mablag’larini shu sohaga jalb qilishga olib
kelmoqda. Bu o’z navbatida insonlarni axborot resurslaridan ratsional foydalanish
yo’llarini qidirishga majbur qilmoqda. Zamonaviy sharoitda yangi axborot oqimi
qanchalik tez ko’paysa shu bilan birga ularning eskirish muddatlari ham
tezlashmoqda, bu o’z navbatida, axborotni tanlash, unga erishish qiyinchiliklarini
keltirib chiqarmoqda.
Har bir injener, xizmatchi, rahbar o’z faoliyati davomida ko’plab qog’ozlarga
bitilgan axborotni tahlil qilishiga to’g’ri keladi. Bu esa axborotga erishish uchun
ko’plab vaqt sarflashga to’g’ri kelib, ishni tashkil qilish unumdorligiga salbiy ta’sir
qiladi. Bunday muammolarni samarali echish jamiyatni axborotlashtirish masalasini
ko’ndalang qilib qo’ymoqda.
Jamiyatni axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga
bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari
hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-
iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir
2
.
Jamiyatni axborotlashtrish jarayoni quyidagi qator muammolarni hal etilishini
talab etadi:
1. Hisoblash texnika vositalarini jamiyat faoliyatining barcha tarmoqlariga
tadbiq qilish.
2. Jamiyat a’zolarini hisoblash texnikasi vositalaridan samarali foydalanishga
o’rgatish.
3. Jamiyat a’zolarining turli xil extiyojlarini qondirishda axborot resurslaridan
to’la va samarali foydalanishlarini ta’minlash.