11
Axborotlashgan jamiyatning o’ziga xos jihatlari quyidagilarda namoyon
bo’ladi:
axborot iqtisodiyotining rivojlanishi;
axborot tangligini bartaraf etish;
axborot texnologiyasining globalligiga erishish;
turli axborot resurslariga erkin kirib borilishi;
axborot resurslarining ustunligini ta’minlash;
yangi axborot texnikasi va texnologiyalarini keng qo’llash;
boshqaruv faoliyatida axborotdan samarali foydalanish.
Axborotlashgan jamiyatda inson axborot bilan ishlash bo’yicha ma’lum
darajadagi axborot madaniyatiga ega bo’lishi zarur. Buning uchun shaxsni axborotni
tez qabul qilish va katta hajmini qayta ishlash, zamonaviy vositalar, usullar va
texnologiyalardan foydalanishga tayyorlash lozim.
Axborot madaniyati
deganda – jamiyat a’zolarining axborotdan maqsadli
foydalanish, axborotni qayta ishlash va uzatish, zamonaviy texnik-tashkiliy
vositalardan va usullaridan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi tushuniladi.
Axborotlashgan jamiyat quyidagi jihatlarda namoyon bo’ladi:
texnik qurilmalardan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lish;
o’z faoliyatida kompyuter, axborot texnologiyalaridan foydalanish;
turli manbalardan axborotni olishni bilish va undan samarali foydalanish;
axborotni tahliliy qayta ishlash asoslarini egallash;
o’z faoliyatiga taalluqli axborotni bilish va u bilan ishlashni uddalash.
Axborotlashgan jamiyatning shakllanish va takomillashish muammolariga
bag’ishlangan chet el va mamlakatimiz olimlarining ilmiy ishlari salmog’i oz emas.
«Axborotlashgan jamiyat» tushunchasini birinchilar qatorida amerikalik
iqtisodchi olim F. Maxlup ilmiy doiraga kiritgan. U monopoliya raqobatida
patentlashtirish tizimining tutgan o’rnini statistik usullar asosida o’rganib, AQSH
yalpi ichki mahsulotida axborotning miqdoriy jihatdan tavsiflanishini ko’rib chiqdi.
Olim axborotni tovar sifatida qabul qilish kontseptsiyasiga
asoslangan holda
Amerikada kelajakda jamiyat rivojlanishining asosiy sharti «axborotlashgan iqtisod»
bo’lishi g’oyasini ilgari surdi.
O’z kontseptsiyasida F. Maxlup AQSH da nafaqat ilmiy-texnik axborotning,
balki hoxlagan ijtimoiy axborotning tarqatilishi va ishlab chiqarilishining o’sishini
tavsiflovchi aniq empirik materiallardan foydalandi. Keyinchalik AQSH va boshqa
mamlakatlarda «axborotlashgan jamiyat» kontseptsiyasini P.Drakker, D.Bell,
E.Parker, M.Porat, A.Toffler, A.Mol, J. Stigler, K.Errou kabi bir qator iqtisodchilar
oldinga surishdi. Hozirgi kunda ular olib borgan tadqiqotlar natijasi o’laroq milliy
iqtisodda «axborot tarmog’i», «axborot iqtisodi» va «axborotlashgan jamiyat» kabi
kontseptsiyalar vujudga kelgan.
Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, jahon amaliyotida axborot sohasining milliy
iqtisoddagi o’rnini aniqlash bo’yicha iqtisodiy hisob printsiplariga asoslangan ikkita
eng mashhur ilmiy qarash mavjud bo’lib, ular F. Maxlup va M. Poratlarga tegishli.
12
F. Maxlup bilimlarning u yoki bu soha faoliyatida tutgan o’rnini har
tomonlama o’rgangan hamda milliy iqtisod sohalarini yangicha guruhlashtirishning
sintezini va bilimlar industriyasini mohiyat jihatidan belgilab oldi.
Iqtisodchi olim
F. Maxlup birinchilardan bo’lib
milliy boylikning qanday
qismi axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va tarqatish
hisobiga vujudga kelishini hamda bilim, umuman u bilan bog’liq bo’lgan yalpi milliy
mahsulot qismini aniqlash masalasini ko’ndalang qo’ydi. U AQSH milliy iqtisodini
to’la tadqiq qildi va bilimlar yaratadigan 30 ta tarmoqni belgilab oldi hamda ularni 5
ta guruhga ajratdi: maorif; ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish; aloqa va ommaviy
axborot vositalari; axborot mashinalari va vositalari; axborot xizmatlari.
Doktor Mark Uri Porat esa mavjud milliy hisoblar tizimiga asoslangan holda
milliy iqtisodda axborot faoliyatining hajmini belgilashga intildi. Uning ilmiy qarashi
qabul qilingan statistika tizimi asosida milliy iqtisoddagi mavjud axborot faoliyati
turlarini aniqlashdan iborat bo’lgan. Ushbu tadqiqotning asosida «axborot bilan
bog’liq faoliyat zamonaviy jamiyatning eng asosiy elementlaridandir»
degan fikr
yotadi. Uning fikricha, rivojlangan mamlakatlarning iqtisodi mazmunan ishlab
chiqarishdan «axborotlashgan»ga aylanmoqda. M. Poratning tadqiqoti asosan ikkita
maqsadni ko’zlagan, ya’ni axborot bilan bog’liq faoliyatni aniqlash va uning hajmini
hisoblashdir. Axborotni ishlab chiqarayotgan tarmoqlar qo’llayotgan texnologiya,
ishlab chiqayotgan mahsulot va ko’rsatayotgan xizmatlari shunchalik xilma-xilki,
ularni bitta yagona tarmoqqa birlashtirish o’ta mushkul. Ammo ularning barchasi
axborot mahsulotlarini
ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va tarqatishga xizmat
qiladi. SHuning uchun ham ular «axborotlashgan» degan yagona faoliyatda
birlashadi.
Amaliyoti rivojlangan mamlakatlarda fan va axborot-kommunikatsiyalar
texnologiyalarining takomillashib borishi axborotlashgan jamiyatni shakllantirish
bo’yicha o’zining nazariy takliflarini bergan olimlarning g’oyalari o’z o’rnini
topayotganini ko’rsatmoqda. Bashorat qilishlariga qaraganda,
butun jahon
mamlakatlari yagona kompyuterlashtirilgan va axborotlashtirilgan kishilar jamiyatiga
aylanib boradi. Tadqiqotlar axborotlashgan jamiyatga xos bo’lgan quyidagi
xususiyatlarni belgilab berdi:
• axborot tanqisligi muammosi hal etiladi;
• boshqa resurslarga nisbatan axborot resurslari birlamchi o’ringa
chiqadi;
• axborotlashgan iqtisod rivojlanishning asosiy shakli bo’lib xizmat kiladi;
• jamiyat taraqqiyotining negizi bo’lib axborot-kommunikatsiyalar bozori
tovarlarini keng qo’llash shartlari qo’yiladi;
• insoniyat taraqqiyotining yagona axborot maydoni shakllanmoqda.
Hozirgi bosqichda ilmiy-texnikaviy rivojlanishning asosiy xususiyatlaridan biri
- axborotning jamiyatdagi rolini belgilab olishdir.
SHu o’rinda mazkur muammoga bag’ishlangan respublikamizning taniqli
olimlari akademiklar V.Q.Qobulov, S.S.G’ulomov, professorlar A.A. Abdug’afforov,
R.X.Alimov,
M.I.Irmatov,
T.SH.SHodiev,
B.YU.Xodiev,
B.A.Begalov
va
boshqalarning ilmiy ishlarini ta’kidlab o’tish joizdir.
13
Akademik V.Q. Qobulov ta’kidlaganlaridek, «Iqtisodiy kibernetika, ijtimoiy
ishlab chiqarishning siyosiy-iqtisodiy tahliliga asoslangan holda,
axborot va
materiallarni tubdan o’zgartirib yuborishning iqtisodiy tizimi doirasida ko’radi».
Axborot tanqisligi bilan bog’liq bo’lgan boshqaruv xatolari juda qimmatga
tushadi. Ayni paytda, boshqaruv va ishlab chiqarish samaradorligi, ilg’or
texnologiyalarni ishlab chiqish va foydalanish bo’yicha eng ko’p axborotga ega
bo’lgan tizim yutib chiqmoqda.
Mutaxassislar, birinchi galda iqtisodchilarning axborotga erkin kirib borishini
sanoat rivojlanishi sharoitida bozor iqtisodi samaradorligining asosiy shartlaridan biri
deb hisoblaydi. Ularning faoliyati va jamiyat ishlab chiqarishining asosiy sohalari u
yoki bu ma’noda axborot bilan bog’liq bo’lib, ish bilan band bo’lganlarning 40-60 %
ini tashkil etadi. Axborot xizmatlari jahon yalpi
ijtimoiy mahsulot va milliy
daromadining 10 % ini tashkil qilmoqda. SHuning 90 % i AQSH, YAponiya va
G’arbiy Evropa hissasiga to’g’ri keladi.
Axborot intellektual faoliyatning muhim mahsuloti sanaladi. Sanoati
rivojlangan barcha mamlakatlarda ushbu mahsulotlarni o’z foydalanuvchilariga
etkazishning «usullari va vositalari» ni ishlab chiqish hamda joriy etish jadal
sur’atlarda olib borilmoqdaki, bu axborot tizimlari va texnologiyalari sanoatini
yaratishda o’z aksini topgan.
Dostları ilə paylaş: