Axborot tizimlari


 «Axborot tizimlari» fanini o’qitish maqsadi va asosiy vazifalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/155
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#162251
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

1.2. «Axborot tizimlari» fanini o’qitish maqsadi va asosiy vazifalari 
O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida yuqori natijalarga erishishi
jahon iqtisodiy tizimida to’laqonli sheriklik o’rnini egallay borishi, inson 
faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori
darajada foydalanish ko’lamlari qanday bo’lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy 
mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o’ynashiga bog’liq. Prezidentimiz I.A. 
Karimov ta’kidlaganlaridek: “Biz tezkor texnikaviy taraqqiyot, shiddat bilan 
rivojlanayotgan va muntazam yangilanayotgan zamonaviy yuqori texnologiyalar
axborot- kompyuter tizimlari asosida yashayotganimizni unutmasligimiz kerak.”[ 6 ]. 
Insonning axborotni qayta ishlash bo’yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi 
zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish - axborotlashtirish sanoatini jadal 
rivojlantirishni talab etuvchi eng muxim texnik, iqtisodiy vazifa hisoblanadi. 
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalaridan foydalanish iqtisodiy axborotlar sifati, 
uning aniqligi, ob’ektivligi, tezkorligini va buning natijasi sifatida esa boshqaruv 
qarorlarini o’z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini ta’minlaydi. 
Demak, iqtisodiy mutaxasisliklar bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarni davr 
talabiga javob bera oladigan etuk mutahassis, komil inson bo’lib tarbiyalanishlarida, 
ularga «Axborot tizimlari» (AT) fanini o’qitish – davr talabidir. 
Mazkur fanning
maqsadi
– talabalarga axborotlashtirishning milliy tizimini 
shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat xayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot 
texnologiyalarini qo’llashni nazariy hamda amaliy asoslarini o’rgatishdan iborat. 
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur 
fanning asosiy vazifalar
i etib 
quyidagilar belgilanadi: 
-
axborot, axborot texnologiyasi, axborot tizimi va ularning tuzilishi, 
turkumlanishini o’rganish; 
-
axborot texnologiyasini yaratish tamoyillarini aniqlash; 
-
axborot texnologiyasini rivojlanish bosqichlarini belgilash; 
-
axborot tizimlari evolyutsiyasini belgilash; 
-
axborot texnologiyasini kontseptual va funktsional modeli bilan tanishish; 
-
kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalaridan tashkiliy, iqtisodiy
sohadagi masalalarni echishda foydalanish; 
-
axborot tizimlarini dasturiy, texnik ta’minotlarini o’rganish va milliy 
iqtisodiyotning turli sohalariga qo’llash;

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin