1-mavzu. Dasturiy ta'minot tizimlarini loyihalash faniga kirish



Yüklə 81,49 Kb.
səhifə1/10
tarix20.12.2023
ölçüsü81,49 Kb.
#187313
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu


1-mavzu. Dasturiy ta'minot tizimlarini loyihalash faniga kirish
Ushbu ma’ruzaning maqsadi dasturiy ta'minot loyihasi aslida nima va nima emasligini aniqlash, abstraktsiya tushunchasi va dasturiy ta'minot loyihasini dasturiy ta'minotni ishlab chiqish jarayonidagi o’rnini aniqlashdan iborat.
Reja:

  1. Dasturiy ta'minot tizimlarini loyihalash nima?

  2. Dasturiy ta'minot tizimlarini loyihalash nima emas?

  3. Dasturiy ta'minot loyihasini yaratishdagi yondashuvlar.

  4. Abstraksiya tushunchasi.

  5. Dasturiy ta'minotni loyihalash dasturiy ta'minotni ishlab chiqish jarayonining bosqichilaridan biri.

  6. Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish jarayonini tanlashda dasturiy ta'minotni loyihalash yondashuviga ta'siri.



1.1 Dasturiy ta'minot loyihalash nima?
Ushbu savolga juda ko'p javoblar mavjud. Ulardan asosiy to'rtta javoblarni ko’rib chiqiladi:
Dasturiy ta'minotni loyihalash - bu talablarni loyihaga aylantiradigan jarayondir. Dasturiy ta'minotni loyihalash jarayoni (DTL) - bu dasturiy ta'minot nima qilishi kerakligi (talablar) va dasturiy ta'minotni amalga oshirish (kodini yozish) o'rtasidagi ko'prik hisoblanadi.
Bu javob dasturiy ta'minotni ishlab chiqish jarayoni orqali dasturiy ta'minot loyihasi tushuntiriladi. SDP (Software development process) – bu dasturiy ta'minotni ishlab chiqish uchun bajarilishi kerak bo'lgan bosqichlarning tavsifidir.
Shu kungacha dasturlashni o’rganish vaqtida sizga topshiriq berilganda, siz faqat dastur kodini yozish vazifasi berilgan. Ya’ni o’qituvchi siz uchun SDPning ko'p bosqichlarini bajarib, sizga kodini yozishni va sinab ko'rish vazifasini bergan.
Ko'pgina SDPlar mavjud bo'lib, ularning har biri turli hil bosqichlarga ega va bitta SDPni tushuntirish uchun turli adabiyotlar mavjud. SDPlar yaratilgan artefakt turlari bilan ham farqlanadi, bunda artefakt bir yoki bir nechta SDP qadamlarini bajarish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotdir. SDP mavzusi katta va murakkab bo'lib, qaysi turdagi SDPdan foydalanish yaxshiroq ekanligi haqida qarashlar mavjud.
Ko'pgina SDP tavsiflari bir-biri bilan mantiqiy bog'liq bo'lgan qadamlarni birlashtiradi va bu bosqichlar guruhiga nom beriladi. Shunday qilib, ko'pgina SDP tavsiflari reja bosqichini, tahlil bosqichini, loyihalash bosqichini, kod bosqichini va sinov bosqichini o'z ichiga oladi.
Dasturiy ta'minot loyihasi nima degan savolga javob olish uchun SDP bosqichlarini o’rganish kerak. Dasturiy ta'minot kodini yozishdan oldin ishlab chiquvchilar dasturiy ta'minot nima ish qilishi kerakligini bilishlari kerak. Bu ehtiyojlar ko'pincha talablar deb ataladi va talablar tahlil qilishdagi bosqichlarni bajarish orqali aniqlanadi. Talablar aniqlangandan so'ng, dasturiy ta'minot kodini qanday yozish kerakligini shakllantiriladi.
Dasturiy ta'minot loyihasi modellari turli loyihalash bosqichlarida amalga oshiriladi. Loyihalash modellariga ega bo'lganingandan so'ng, loyihalash modellarini dastur kodiga yozish uchun amalga oshirish bosqichiga o’tiladi.
Yuqorida aytib o'tilganidek, qaysi SDPdan foydalanish yaxshiroq ekanligi haqida ko'p bahs-munozaralar mavjud. Ba'zi tadqiqotchilar va amaliyotchilar tezkor SDPlarni an'anaviy yondashuvlarga qaraganda yaxshiroq deb targ'ib qilishadi. Ushbu fan dasturiy ta'minotni loyihalashni o'rganishga qaratilgan;

Yüklə 81,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin