Ma'lumotlarga asoslangan loyihalash Ma'lumotga asoslangan yondashuv loyihani avtomatlashtirilgan ma'lumotlarga asoslanib ishlab chiqadi. Ma'lumotga asoslangan yondashuvda yaratilgan loyiha modellari, tashkilot ehtiyojlarini qondirish uchun ma'lumotlar qanday tashkil qilinganligini (ya'ni ma'lumotlar elementlari o'rtasidagi munosabatlar) ko’rsatadi. Axborot/ma'lumotlar diqqat markazida bo'lsa-da, ma'lumotlarga yo'naltirilgan loyihadagi ko'plab modellarga ishlov berish bosqichlari ma'lumotlardan qanday foydalanishini ko'rsatadi.
Ma'lumotlarga asoslangan loyihalashtirish yondashuvi loyihachiga birinchi navbatda ma'lumotlar tuzilmalarini ishlab chiqish, so'ngra ushbu tuzilmalarni loyihada aniqlangan tegishli ishlov berish elementlari doirasida qo'llash imkonini beradi. Birinchi navbatda ma'lumotlar haqida o'ylash va ikkinchi navbatda ularni qayta ishlash yaxshi ishlab chiqilgan tizimga olib kelishi mumkin.
Ma'lumotlarga asoslangan loyihani yaratish, ma'lumotlardan foydalanishda ishlov berishni tartibga solish qobiliyatini cheklab qo'yishi mumkin. Buning sababi shundaki, loyiha ishlov berish bosqichlari o'rniga ma'lumotlar o’rtasidagi munosabatlarga qaratilgan. Ma'lumotga asoslangan yondashuvning zaif tomonlari jarayonga yo'naltirilgan yondashuvga o'xshaydi. Ushbu loyihalashtirish yondashuvlarining ikkalasi ham zaif loyihalarga olib kelishi mumkin, chunki ularning asosiy maqsadi dasturiy ta'minotning faqat bir tomondan qarab ishlab chiqiladi.
Ob'ektga yo'naltirilgan loyihalash Ob'ektga yo'naltirilgan yondashuv loyihalashtirishdagi ham jarayon, ham ma'lumotlarga e'tibor qaratib ishlab chiqadi. Ushbu yondashuvda qayta ishlash bosqichlari va ma'lumotlar sinflar deb nomlangan loyiha elementlariga birlashtirilgan. Sinf axborot va qayta ishlashni bitta dasturiy element sifatida qamrab oladi.
Ob'ektga yo'naltirilgan loyihani yaratish jarayonga yo'naltirilgan va ma'lumotlarga asoslangan yondashuvlar bilan bog'liq afzalliklarga ega, shu bilan birga bu ikki yondashuvning ko'pgina kamchiliklarini bartaraf etadi. Biroq, dasturiy ta'minotni ishlab chiqishda sinf tushunchasini o'rganish oson emas. Ob'ektga yo'naltirilgan yaxshi dasturiy ta'minot loyihasini mukammal ishlab chiqish uchun zarur bo'lgan tajriba ko'p yillar davomida xosil qilinadi.