1-mavzu. Dasturiy ta'minot tizimlarini loyihalash faniga kirish


Dasturiy ta'minot loyihasi - bu dastur kodida ifodalangan bilimlarning yuqori darajadagi tavsifi



Yüklə 81,49 Kb.
səhifə4/10
tarix20.12.2023
ölçüsü81,49 Kb.
#187313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu

Dasturiy ta'minot loyihasi - bu dastur kodida ifodalangan bilimlarning yuqori darajadagi tavsifi
Ko'pgina tadqiqotchilar dasturiy ta'minotni ishlab chiqish jarayonini bilim olish faoliyati deb hisoblashadi [2-4]. Kod yozish uchun dasturning predmet sohasini va dasturlash tilini bilish talab etiladi. Dastur kodi predmet sohasi haqidagi bilimlarni saqlaydi. Dasturiy ta'minot loyihasi kodning abstraktsiyasi bo'lganligi sababli, dasturiy ta'minot loyihasi artefaktlari dasturning predmet sohasi haqidagi bilimlarni ham ifodalaydi. Bundan tashqari, ushbu artefaktlar foydalanilayotgan dasturiy ta'minotni ishlab chiqish jarayoni haqidagi bilimlarni ifodalaydi.



    1. Nima Dasturiy ta'minotning loyihasi emas?

Dasturiy ta'minot loyihasi nima ekanligini bilish juda muhim bo'lsa-da, dasturiy ta'minot loyihasi nima emas ekanligini bilish ham muhimdir.




Dasturiy ta'minot loyihasi dasturiy ta'minot tahlili emas
Dasturiy ta'minotni tahlil qilishda biz dasturiy ta'minot nima qilishi kerakligini tushunishga e'tibor qaratamiz. Dasturiy ta'minotni tahlil qilish dasturiy ta'minot bajarishi kerak bo'lgan talablarni tavsiflovchi ma'lumotlarni to'playdi va tartibga soladi . Bundan farqli o'laroq, dasturiy ta'minot loyihasi dasturiy ta'minot talablarni bajarilishini ko’rsatuvchi tuzilmalar va xatti-harakatlarga qaratilgan bo’ladi. Dasturiy ta'minot loyihasi talablarini loyihaga aylantirish uchun texnik va amaliy soha bilimlarini qo'llaydi.


Dasturiy ta'minot loyihasi dasturning ichki loyihasi emas.
Dasturiy ta'minot loyihasi - bu dasturni ichki loyihasi emas. Dasturni ichki loyihasida masalani dastur kodining tafsilotlariga e'tibor qaratiladi. O'zgaruvchilar va usul/funktsiyaga yaxshi nomlanishi, yaxwi tuzilmaga ega usul/funktsiya va usullar/funktsiyalarni qayta foydalanish kabi narsalar - bu dastur tuzishda o'ylaydigan amallar hisoblanadi. Dasturiy ta'minotni loyihalashda biz yuqori darajadagi abstraksiyaga e'tibor qaratamiz.



Yüklə 81,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin