1-mavzu. Dasturiy ta'minot tizimlarini loyihalash faniga kirish


Dasturiy ta'minot loyihasi - bu dasturiy ta'minotning arxitekturasi, ma'lumotlari, interfeyslari va komponentlarini tavsiflovchi artefaktlar to'plami sifatida



Yüklə 81,49 Kb.
səhifə3/10
tarix20.12.2023
ölçüsü81,49 Kb.
#187313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu

Dasturiy ta'minot loyihasi - bu dasturiy ta'minotning arxitekturasi, ma'lumotlari, interfeyslari va komponentlarini tavsiflovchi artefaktlar to'plami sifatida.
Yuqorida keltirilgan SDPlarning qisqacha tavsifi SDPda qadamlarni bajarishda hosil bo'ladigan elementlarga murojaat qilish uchun artefakt atamasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Dasturiy ta'minot loyihasi artefaktlari 1.1-jadvalda tavsiflangan to'rtta loyihalash toifalarini [1] o'z ichiga oladi.
1.1-jadval

Arxitektura

Tizim tarkibiga kirgan loyihalash elementlarining yuqori darajadagi tavsifi

Ma'lumotlar

Tizim tomonidan foydalaniladigan ma'lumotlar tuzilmalarining mantiqiy va jismoniy ko'rinishlarining tavsifi. Ushbu ma'lumotlar tuzilmalari ma'lumotlarni doimiy yoki o'zgaruvchan saqlashda foydalaniladi. Doimiy ma'lumotlarni saqlashga misol sifatida qattiq diskdagi saqlangan ma'lumotlar bazasini keltirish mumkin. O'zgaruvchan ma'lumotlarni saqlashga misol qilib dasturni bajarish jarayonida yaratilgan va foydalaniladigan ma'lumotlar strukturasidir. Dasturning bajarilishi tugagach, xotiraga asoslangan ma'lumotlar strukturasi yo'q qilinadi, bu esa ma'lumotlar strukturasida saqlangan har qanday ma'lumotlarning yo'qolishiga olib keladi.

Interfeyslar

Inson-kompyuter interfeysining tavsifi, yuqori darajadagi loyihalash elementlari orasidagi interfeyslar (arxitekturada tasvirlangan) va tashqi tizimlardagi har qanday interfeyslar tasnifi

Komponentlar

Yuqori darajadagi loyihalash elementlaridan tashkil topgan muhim yoki unikal bo’lgan qayta ishlov berish bosqichlarining tavsifi

Dasturiy ta'minot loyihalash artefakti to'rtta loyihalash toifalaridan biri bilan bog'liq tuzilma yoki xatti-harakatni tavsiflash uchun matn va grafik belgilarni (ya'ni, modellarni) birlashtirishi mumkin. Ushbu turdagi loyihalash artefaktlariga misol sifatida sinf diagrammalari, ob'ektlar o'rtasidagi munosabatlar diagrammalari, ma'lumotlar oqimi diagrammalari, holat mashinasi diagrammalari, oqim diagrammalari, ma'lumotlar lug'atlari va psevdokoddir.


Dasturiy ta'minotni loyihalash artefakti har bir loyihalash toifasi – arxitektura, ma'lumotlar, interfeyslar va algoritmlar bo'limini o'z ichiga olgan yagona hujjat bo'lishi mumkin. Ushbu turdagi dasturiy ta'minotni loyihalash artefakti tuzilma yoki xatti-harakatlarning turli tavsiflarini bitta izchil hujjatda birlashtiradi. Yagona loyihalash hujjatiga ega bo'lish shunchaki ko'plab individual loyihalash artefaktlarini bir butun hujjat qilishning bir usuli hisoblanadi.

Yüklə 81,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin