1-mavzu. Dasturiy ta'minot tizimlarini loyihalash faniga kirish


Dasturiy ta'minot loyihalash dasturlash emas



Yüklə 81,49 Kb.
səhifə5/10
tarix20.12.2023
ölçüsü81,49 Kb.
#187313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu

Dasturiy ta'minot loyihalash dasturlash emas
Dasturlashda biz ma'lum bir dasturlash tilining sintaksisi va semantikasiga e'tibor qaratamiz. Kod yaratish uchun ushbu til va uning xususiyatlaridan foydalaniladi. Dasturiy ta'minotni loyihalashda grafik va yozma/og'zaki shakllarda muloqot qilish uchun modellashtirish usullarining sintaksisi va semantikasiga va tabiiy tilga e'tibor qaratiladi.



    1. Dasturiy ta'minotni loyihalash yondashuvlari

Ushbu bo'limda dasturiy ta'minot loyihasini ishlab chiqishning ettita yondashuvi, jumladan, har bir yondashuvning afzalliklari va kamchiliklari ko’rib chiqiladi. Quyida berilgan yondashuvlar loyihalash yondashuvlarining to'liq ro'yxati emas.


Yuqoridan pastga loyihalash yondashuvi
Yuqoridan pastga yondashuv bo'linish jarayoni orqali loyiha ishlab chiqiladi. Tizimning yuqori darajadagi kontekstidan boshlanadi va bu kontekstni mantiqiy bog'langan loyihalash elementlariga ajratiladi. Keyin ushbu loyihalash elementlarining har birini olib, yana qismlarga bo'lish mumkin va hokazo. Qaysidur bosqichga kelganda, har bir bo'linadigan loyihalash elementi yaxshi tushunish uchun etarlicha kichik bo’ladi.
Yuqoridan pastga yondashuv, shuningdek, bosqichma-bosqich takomillashtirish yoki parchalanish deb ham ataladi. Siz yuqori darajadagi loyihani ishlab chiqarasiz (masalan, tizim komponentlarini aniqlangan bo’ladi). Keyin siz ushbu loyihani batafsilroq loyihaga aylantirasiz/parchalaysiz (masalan, har bir komponent uchun subkomponentlarni aniqlanadi). Keyin siz ushbu loyihani batafsilroq loyihaga aylantirasiz/parchalaysiz (masalan, har bir kichik komponentdagi loyiha elementlarini aniqlanadi). Bir nuqtada etganda dastur kodi orqali to'g'ri amalga oshirish uchun etarlicha kichik bo'lgan loyihalash elementlari aniqladi.
Bosqichma-bosqich takomillashtirish (ya'ni, umumiy tushunchani olish va uni kichikroq tushunchalarga ajratish) biz uchun tabiiy jarayondir; bu biz uchun fikrlashning tabiiy usuli. Bundan tashqari, haqiqiy dunyoda qurilmani butun tizim, uning asosiy komponentlari va uning batafsil qismlari (masalan, avtomobil loyihasi, uy loyihasi) nuqtai nazaridan ko'rish imkonini beruvchi ko'plab misollar mavjud.
Yuqoridan pastga loyihalashni amalga oshirishda ba’zi kamchiliklarga ega.
• loyihalashning yuqori darajasida qabul qilingan qarorlar loyihalashning quyi darajalariga bevosita ta'sir qiladi. Masalan, bizning yuqori darajadagi loyihani uchta komponentdan iborat bo'lishi kerak deb qaror qildik. Har bir komponentni yanada taqsimlashni boshlaganimizda, biz uchta komponentdan biriga mos kelmaydigan loyihalash elementini aniqlaymiz. Bu bilan qanday kurashamiz? Parchalanishning har bir bosqichida loyihalash variantlarini iloji boricha to'liq o'rganish kerak?
• Loyiha elementlarini bo’lishni qachon to'xtatish kerakligiga qaror qilish ham qiyin. To'xtashimizdan oldin har bir parchalanib ketgan loyiha elementi qanchalik kichik bo'lishi kerakligini, loyihada bizga qancha tafsilotlar kerakligi, loyiha tafsilotlari qanchalik ko'p bo’lishi kerakligi haqida qaror qilish qiyinchilik tug’dirishi mumkin.
• Nihoyat, parchalanish tizimning ikkita alohida qismida loyihalash elementlarining takrorlanishiga olib kelishi mumkin. loyihalash elementlarining takrorlanishi ehtimolidan qanday qochishimiz mumkin?



Yüklə 81,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin