Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar kefedrasi dotsenti, p f. n. Zaripova Gulbahor Kamilovna



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə12/16
tarix29.09.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#64333
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1 TARIX SOHASIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING

Bunday jamiyatda:

  • Bunday jamiyatda:
  • hoxlagan kishi, guruh yoki ixtiyoriy korxona-tashkilot o’z faoliyati uchun zarur bo’ladigan axborot resurslaridan foydalana bilishi;
  • zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining taqdim etilishi;
  • ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish masalalarini yechish uchun zarur bo’lgan axborot resurslarini doimiy yangilash va to’ldirish imkoniyatini beruvchi rivojlangan axborot infrastrukturasiga ega bo’lishi zarur.
  • Axborotlashgan jamiyat darajasiga eng yaqin kelgan davlatlarga AQSh, Yaponiya, G’arbiy Evropa davlatlari kiradi.
  • Insoniyatning axborotlashgan jamiyat sari bosib o’tgan yo’li. Axborot hamisha jamiyat hayotida ham, alohida shaxs hayotida ham muhim o’rin egallagan. Insoniyat tarixida axborotlarni yig’ish, saqlash va uzatish vositalarining pivojlanish jarayoni bir tekis kechmagan va bir necha bor axborot sohasida «Informatsion inqilob» deb ataluvchi global ahamiyat kasb etuvchi hodisalar yuz bergan.

Birinchi information inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog’liq. Yozuv insoniyatga bilimlarni to’plash va uni avlodlarga uzatish imkonini berdi. O’z yozuviga ega bo’lgan sivilizatsiyalar boshqalariga nisbatan yuqori iqtisodiy va madaniy darajaga erishganligi ma’lum. Bunga misol qilib, Qadimgi Misr, Ikki daryo oralig’i davlatlari, Xitoy kabilarni keltirish mumkin. Bu borada piktografik va ieroglifik yozuvdan alfavitli yozuvga o’tish alohida ahamiyatga ega bo’ldi.

  • Birinchi information inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog’liq. Yozuv insoniyatga bilimlarni to’plash va uni avlodlarga uzatish imkonini berdi. O’z yozuviga ega bo’lgan sivilizatsiyalar boshqalariga nisbatan yuqori iqtisodiy va madaniy darajaga erishganligi ma’lum. Bunga misol qilib, Qadimgi Misr, Ikki daryo oralig’i davlatlari, Xitoy kabilarni keltirish mumkin. Bu borada piktografik va ieroglifik yozuvdan alfavitli yozuvga o’tish alohida ahamiyatga ega bo’ldi.
  • Ikkinchi information inqilob (XVI asr o’rtalari) – kitob bosishning ixtiro qilinishi bilan bog’liq. Bu hodisa axborotlarni saqlabgina qolmay, ularni ommaga yoyish imkoniyatini yaratdi. Savodxonlik alohoda tabaqalar doirasidan chiqib, ommaviy tusga kirdi. Bular ilmiy texnika rivojlanish jarayonini tezlashtirdi. Kitoblar bilimlarning alohida mamlakat chegarasidan chiqib, umuminsoniy sivilizatsiya yaratilish jarayonoga turtki bo’ldi.
  • Uchinchi information iqilob ( XIX asr oxiri) aloqa vositalarining taraqqiyoti bilan bog’liq. Telegraf, telefon va radio ma’lumotlarni turli masofalarga operativ uzatish va qabul qilish imkonini berdi. Insoniyat taraqqiyotining aynan shu bosqichi «globallashuv» jarayonining debochasi bo’lib qoldi. Axborot uzatish vositaslarining taraqqiyoti tezkor va ishonchli aloqa vositalariga muhtoj bo’lgan fan va texnikaning gurkirab rivojlanishiga olib keldi.
  • To’rtinchi information inqilob (XX asrning 70 – yillari) mikroprotsessorli texnika va xususan, personal kompyuterlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, axborot revolyutsiyasiga ХХ asr o’rtalarida kompyuterlarning paydo bo’lishi emas, mikroprotsessorli tizimlarning keng tarqalishi sabab bo’ldi. Ushbu jarayon axborotlarni saqlash va izlash tizimlarini radikal o’zgartirib, kompyuterli telekommunukatsiyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib keldi. Aynan to’rtinchi informatsion inqilob «Axborotlashgan jamiyat» rivojiga asos soldi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin