Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar kefedrasi dotsenti, p f. n. Zaripova Gulbahor Kamilovna



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə2/16
tarix29.09.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#64333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1 TARIX SOHASIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING

KIRISH. O’zbekiston Respublikasi shakllanayotgan global axborot jamiyatida munosib o’rinni egallashga intilmoqda. Ushbu maqsadlarga erishish uchun mamlakat hukumati tomonidan O’zbekistonda axborotlashtirish jarayonlarini faollashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tez sur’atlarda rivojlantirish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-nazariy va jamiyatning barcha sohalarida joriy etish hamda foydalanishning strategik ustuvorliklari belgilandi.

Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishda, davlatlar o’rtasida tinchlik va madaniyatni shakllantirishda, madaniyat va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etishda, hamda ulardan foydalanishda, fuqorolarning axborotga ortib borayotgan talab ehtiyojlarini yanada to’liqroq qondirishda, jahon axborot resurslaridan bahramand bo’lishni kengaytirishda «Tarix sohasida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining qo’llalinishi» fanini o’qitish katta ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab demokratik yangilanish va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish yo’lida ulkan qadamlar qo’ydi. O’zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq yuksak malakali va yangicha dunyoqarashga ega bo’lgan milliy kadrlarni tayyorlash, hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo’lgan masalalar qatorida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, barkamol avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish dolzarb masala bo’lib qoldi. Bunday murakkab vazifalarni amalga oshirish uchun mavjud ta’lim tizimini atroflicha tahlil etish, mavjud muammo va kamchiliklarni batamom bartaraf etish hamda ilg’or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish orqali ta’lim tizimini yanada takomillashtirish masalalari ilgari surildi. Respublikamizda qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan bo’lib, ular zamon talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlovchi Oliy o’quv yurtlariga katta ma’suliyat yukladi. Natijada davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari asosida darsliklar, o’quv, o’quv-uslubiy qo’llanmalar hamda o’quv-uslubiy majmualarini ishlab chiqish masalasi yuzaga keldi.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin