Axborot tizimlari



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/155
tarix20.08.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#140024
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

O’qitish usullari.
Masofali o’qitish shakli besh umumdidaktik o’qitish
usullarini o’z ichiga oladi: 
- axborotli-retseptli; 
- repraduktivli; 
- muomila bayon qilish
- evristik; 
- izlanuvchanlik. 
Ular o’qituvchi va o’quvchilar munosabatlaridagi barcha pedogogik aktlar 
to’plamini o’z ichiga oladi. 
O’quv dasturlari bo’yicha o’qitish uchun zarur bo’lgan moddiy va texnik 
vositalar majmui o’z ichiga o’quv va o’quv-yordamchi xonalarni; laboratoriya 
uskunalari, o’qitishning texnik vositalari, o’quv kitoblari, o’quv qullanmalari va 
boshqa o’quv uslubiy materiallarni oladi. O’quv ilmiy materiallarning katta qismi 
tinglovchilarning uzoqdaligi sababli virtual axborot-ta’lim muhitini tashkil etadi. 
Masofadan o’qitish shakli qo’llanilganda 
o’qitish vositalari
an’anaviylardan 
tashqari bir qancha qo’shimcha vositalarni o’z ichiga oladi: 

elektron o’quv nashrlari; 

o’rgatuvchi kompьter tizimlari; 

audio-video o’quv materiallari va bir qancha boshqa vositalar. 
O’quv jarayoniga mo’ljallangan elektron nashrlar, qogoz nashrlarning barcha 
xususiyatlariga ega bo’lish bilan birga bir qancha tomonlari va afzalliklari bor. 
Xususan, kompьterning xotirasida yoki diskda kompakt holda saqlash, gipertekst 


210 
imkoniyatlari, ko’paytirish imkoniyati, tezkor tarzda o’zgarishlar va qo’shimchalar 
kiritish 
imkoniyatlari, 
elektron 
pochtadan 
axborot 
jo’natish 
qulayliklari, 
avtomatlashgan o’qitish tizimi bo’lib, o’z ichiga o’qish dasturi bo’yicha didaktik, 
uslubiy va axborot-ma’lumotlar materiallarini hamda dasturiy ta’minotni oladi va 
ularni mustaqil bilim olishi va nazorat qilishida kompleks foydalanish imkonini 
beradi. 
Masofadan o’qitish ta’limi jarayonida an’aviy o’qitish vositalari bilan birga 
zamonaviy axborot texnologiyalari va axborot-telekomunikatsiya vositalariga 
asoslangan hamda ta’lim texnologiyasi sohasida erishilgan oxirgi yutuqlaridan 
foydalaniladi. 
Elektron aloqa
- axborotlarni qayta ishlash va uzatishda elektron usullardan 
foydalanishdir. Bu usul orqali bosma materiallarni, chizmalarni, turli hujjatlarni, 
jadvallarni va boshqa ma’lumotlarni uzatish mumkin. 
Elektron aloqa «qog’ozsiz» aloqa munosabatlarini tashkil qiladi va 
hujjatlashtirilgan xabarlarni telefon va ma’lumot uzatish tarmoqlari orqali yig’ish, 
qayta ishlash va uzatish tizimini ifodalaydi. Telegraf bo’limi, masofali aloqa va teleks 
tizimi birgalikda elektron aloqaning elementlari hisoblanadi. Jumladan, teleks tizimi 
100 ortiq mamlakatlarda mavjud bo’lib, 800 mingta abonentga xizmat ko’rsatadi. 
Mikroprotsessorlarni joriy qilinishi elektron aloqa usuliga yangi o’zgartirish kiritdi. 
SHu sababli ham, elektron aloqa-ob’ektlar o’rtasidagi aloqa munosabatlarini 
axborotlashtirish va elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda amalga 
oshiruvchi tizim hisoblanadi. 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin