Axborot tizimlari


eskirgan  va eskirmagan



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/155
tarix20.08.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#140024
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

eskirgan 
va
eskirmagan
turlarga bo’lish mumkin. Eskirgan 
vazifalarni va axborotni qayta ishlash tartibini ajratib olish ularni shakllantirish, 
keyinchalik avtomatlashtirish imkonini beradi. Asosiy masala, iqtisodiy ob’ektda 
foydalaniladigan axborot texnologiyasi buning uchun infratuzilmani ta’minlay olish 
yoki olmasligida. 
Avtomatlashtirilmagan axborot tizimida axborot va qarorlar qabul qilish bilan 
bog’liq barcha harakatlar inson zimmasiga yuklatilgan. Axborotni qayta ishlash 
jarayonini avtomatlashtirish algoritmlar doirasida hal qiluvchi qoidalarni qayta 
ishlashning yuzaga kelishiga olib keladi. Bu ham o’z navbatida «sof axborot 
Strategik 
axborot 
tizimlari 
Foydalanuvchilar 
Taktik axborot 
tizimlarI 
Yuqori rahbariyat 
Tezkor boshqaruvning 
menejerlari axborot tizimlari 
Bolinma rahbarlari 


61 
tizimi»ning boshqaruv axborot tizimiga, ya’ni boshqaruv jarayonida qo’llaniladigan 
ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, to’plash, qidirish, qayta ishlash va uzatish tizimiga 
aylanishiga olib keladi. Axborot tizimida boshqarish va shuningdek insonning qaror 
qabul qilish bo’yicha ishi qisman amalga oshirilgan.
 
Boshqaruv tizimining tuzilishi va ishlash tamoyillari
Boshqarish 
- deb ob’ektning asosiy xossalarini saqlab qolish yoki ma’lum bir 
maqsadga erishish uchun uni rivojlantiruvchi tizimning funktsiyasiga aytiladi. 
Ishlab chiqarish va iqtisodiy ob’ektlarning mavjudligi jamiyatning u yoki bu 
ehtiyojlarini qondirish bilan belgilanadi. Bunday har bir bunday ob’ekt o’zgaruvchan 
muhit (davlat boshqaruv organlari, boshqa ob’ektlar) bilan muayyan munosabatlarda 
bo’ladi va o’zaro ta’sirning mavjudligini hamda o’z vazifasining bajarilishini 
ta’minlaydigan ko’plab turli elementlardan tashkil topadi. 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin