____________________________________________________________________________________________________________________________________________________
195
olish vositalari yordamida amalga oshirilishi,
foydalanuvchilarning ham
ruxsat etilgan, ham ruxsat etilmagan harakatlarini qamrab olishi lozim.
Elektron hukumat konsepsiyasi doirasida axborot xavfsizligini
ta'minlashning huquqiy asoslari
Bugungi kunda ustivor dolzarblik kasb etayotgan elektron hukumat
konsepsiyasi masalalari fuqarolarning davlat organlari bilan muloqotini
tashkil etuvchi vertual maydonlarda amalga oshiralayotgan ekan, tabiiyki,
shaxsiy ma'lumotlar daxlsizligi, murojaatning konfidensialligi,
shaxs
manfaatlari hamda axborot resurslarining ishonchli muhofazasi kabi talablar
elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishida har tomonlama (dasturiy, texnik,
tashkiliy va huquqiy jihatlardan) xavfsizlikni ta'minlashni taqazo etadi.
Mazkur sohada axborot xavfsizligini ta'minlashning huquqiy jihatida
to‘xtalsak, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16
sentyabrdagi 250-sonli “O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron
hukumat» tizimini rivojlantirish markazi hamda axborot xavfsizligini
ta'minlash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarorida (3-band) hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi
Qonunida
(12-modda)
“Elektron davlat xizmatlari
ko‘rsatuvchi davlat organlari elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda
foydalaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot
xavfsizligini ta'minlashi shart” ekani qonunan mustahkamlangan.
Shuningdek, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi
Qonunning mazkur
moddasida “Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari
shaxsga doir ma'lumotlar, shuningdek davlat sirlarini yoki qonun bilan
qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma'lumotlar muhofaza
qilinishini va ulardan ruxsatsiz foydalanishning oldi olinishini ta'minlash
yuzasidan zarur tashkiliy-texnik choralar ko‘radi” deyilgan.
Qonunda axborot xavfsizligini ta'minlash tamoyili nuqtai nazaridan
elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat
organlarining axborot
tizimlarida
va
axborot
resurslarida
saqlanadigan
shaxsga
doir
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________
196
ma'lumotlardan ular qaysi ariza beruvchiga taalluqli bo‘lsa, o‘sha ariza
beruvchining roziligi bilan ularga ishlov berish, ularni uzatish va olish
uchun,
mustasnoli hollardan tashqari, foydalanilishi mumkinligi belgilab
qo‘yilgan.
Axborot tizimlari va axborot resurslaridan foydalanish hamda ular
vositasida xizmatlar taqdim etish jarayonida axborot xavfsizligini
ta'minlashning
huquqiy
asoslari
milliy
qonunchiligimizning
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunida (19-modda), “Davlat
sirlarini
saqlash to‘g‘risida”gi Qonunida, Kodekslarida (xususan, Fuqarolik
kodeksining 98-moddasida), “Tijorat siri to‘g‘risida”gi Qonunda (3-
modda), “Bank siri to‘g‘risida” Qonunda (3-modda), bulardan tashqari,
“Axborot olish erkinligi va prinsiplari to‘g‘risida”gi, “Axborot
erkinligi
prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Avtomatlashtirilgan axborot bank
tizimi to‘g‘risida”gi Qonunlarda, ramziy ma'noda “elektron qonunlar” deb
atash mumkin bo‘lgan qonunlarda mustahkamlangan.
Dostları ilə paylaş: