Axborot tizimlarida axborot xavfsizligi masalalari



Yüklə 93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix25.12.2023
ölçüsü93 Kb.
#196214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Axborot xavfsizligi

Texnik choralar 
AATni muhofaza qilish texnik choralari AAT tarkibiga kiradigan va 
muhofaza qilish funksiyasini (mustaqil ravishda yoki boshqa vositalar bilan 
birga) bajaradigan turli elektron qurilmalar va maxsus dasturlardan 
foydalanishga asoslanadi.
Fizik muhofaza choralari
Fizik muhofaza choralari tizim komponentlari va muhofaza 
qilinayotgan axborotga potensial qonunbuzarlar kirishi mumkin bo‘lgan 
yo‘llarda fizik to‘siqlarni yaratish uchun maxsus mo‘ljallangan turli xil 
mexanik, elektr- yoki elektron-mexanik qurilmalar va inshootlardan, 
shuningdek vizual kuzatish, aloqa va qo‘riqlash signalizatsiyasi 
vositalaridan 
foydalanishga 
asoslanadi. 
Mazkur 
tipga 
AAT 
komponentlarining fizik yaxlitligini nazorat qilish choralari va vositalari 
(plombalar, nakleykalar va sh.k.) ham kiradi.
Texnologik choralar 
Muhofaza choralarining mazkur turiga odatda ortiqchalikning ayrim 
(tarkibiy, funksional, axborotga, vaqtga doir va sh.k.) turlaridan 
foydalanishga asoslangan va xodimlar o‘zlariga berilgan huquqlar va 
vakolatlar doirasida xatolar va qonunning buzilishiga yo‘l qo‘yishi 
imkoniyatini kamaytirishga qaratilgan turli texnologik yechimlar va usullar 
kiradi. Bunday choralarga muhim axborotni ikki marta kiritish, muhim 
amallarni faqat bir nechta mansabdor shaxslardan ruxsatlar mavjud bo‘lgan 
holda initsializatsiya qilish, xabarlarni kommutatsiya qilish tizimlarida 
kelgan va yuborilayotgan xabarlar rekvizitlarining mos kelishini tekshirish, 


____________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 
188 
barcha bank hisobvaraqlarining umumiy balansini vaqti-vaqti bilan 
tekshirish amallari kiradi.

Yüklə 93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin