Axborot tizimlarida axborot xavfsizligi masalalari


Muhofaza algoritmlari va mexanizmlarining ochiqligi



Yüklə 93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix25.12.2023
ölçüsü93 Kb.
#196214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Axborot xavfsizligi

Muhofaza algoritmlari va mexanizmlarining ochiqligi 
Muhofaza algoritmlari va mexanizmlarining ochiqligi tamoyilining 
mohiyati shundan iboratki, muhofaza faqat tarkibiy tuzilma va uning kichik 
tizimlari ish algoritmlarining maxfiyligi hisobiga ta'minlanmasligi kerak. 
Muhofaza tizimining ish algoritmlarini bilish undan o‘tish imkoniyatini 
bermasligi lozim (hatto mualliflarga ham). Ammo bu muayyan muhofaza 
tizimi haqida axborot hamma uchun ochiq bo‘lishi lozimligini anglatmaydi.
Muhofaza vositalarini qo‘llashning soddaligi 
Muhofaza mexanizmlari sodda, tushunarli va foydalanish uchun qulay 
bo‘lishi lozim. Muhofaza vositalarini qo‘llash maxsus tillarni bilish yoki 
foydalanuvchilarning odatdagi ish jarayonida ko‘p miqdorda qo‘shimcha 
mehnat sarfini talab qiladigan harakatlarni bajarish bilan bog‘liq 
bo‘lmasligi, shuningdek foydalanuvchilardan ularga uncha tushunarli 
bo‘lmagan amallarni bajarish (bir nechta parollar, nomlarni kiritish va 
h.k.)ni talab qilmasligi kerak.


____________________________________________________________________________________________________________________________________________________ 
194 
Ilmiy asoslanganlik va texnik 
jihatdan amalga oshirish mumkinligi 
Axborot texnologiyalari, texnik va dasturiy vositalar, axborotni 
muhofaza qilish vositalari va choralari fan va texnika taraqqiyotining 
hozirgi darajasiga mos ravishda yaratilgan, axborot xavfsizligining 
belgilangan darajasiga erishish nuqtai nazaridan ilmiy asoslangan bo‘lishi, 
axborot xavfsizligi borasidagi belgilangan me'yorlar va talablarga mos 
kelishi lozim.
Ixtisoslashuv va professionalizm 
Axborotni muhofaza qilish vositalarini ishlab chiqish va muhofaza 
choralarini amalga oshirishga axborot resurslari xavfsizligini ta'minlash 
borasidagi faoliyatga ayniqsa puxta tayyorgarlik ko‘rgan, amaliy ish 
tajribasiga va bu sohada xizmatlar ko‘rsatish huquqini beradigan davlat 
litsenziyalariga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlarni jalb qilishni 
nazarda tutadi. Ma'muriy choralarni ko‘rish va muhofaza vositalaridan 
foydalanish kasbiy tayyorgarlikka ega xodimlar (axborot xavfsizligini 
ta'minlash bo‘linmalarining mutaxassislari) tomonidan amalga oshirilishi 
lozim.

Yüklə 93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin