Axborot tizimlarining ta`minotlari Axborot tizimlarini loyihalash



Yüklə 440,16 Kb.
səhifə9/21
tarix05.04.2022
ölçüsü440,16 Kb.
#54735
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Axborot tizimlari va texnologiyalari

Axborot tizimi – tegishli tashkilotlar (ob`ektlar) da faoliyat ko`rsatuvchi va turlicha tuziluvchi axborotlar uning axborot tizimini tashkil etadi.

Axborot tizimlarining asosiy vazifasi – barcha resurslarni samarali boshqarish uchun tashkilotlarga kerakli bo`lgan axborotlarni ishlab chiqish, tashkilotni boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat.

Iqtisodiy axborot tizimi nima ekanligini tushunib olish uchun eng avvalo uning iqtisodiy ob`ektini boshqarish tizimidagi tutgan o`rnini aniqlab olish lozim. Bu ob`ekt moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish bilan bog`liq.

Kibernetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv ob`ekti yig`indisini va boshqaruv sub`ekti, boshqaruv apparatini o`zida namoyon etadi. So`nggisi maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlardan tashkil topadi.

Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to`g`ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog`langan. To`g`ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob`ektiga yunaltiradigan direktiv axborot oqimida ifodalanadi, aks aloqa qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi axborot teskari yo`nalishda yuboriluvchi axboroti oqimida o`z aksini topadi.

Direktiv axborot boshqaruv apparati tomonidan yuzaga kelgan iktisodiy vaziyat, atrof muhit haqidagi axborot va boshqaruv maqsadlariga muvofiq holda yaratiladi.

Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma`lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek, ma`lumotlarni qayta ishlash bo`yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o`zaro aloqasi iqtisodiy ob`ektning axborot tizimini tashkil etadi. (2.2.-rasm).

Axborotlar tizimi aniq bir ob`ekt uchun yaratiladi. Samarali axborotlar tizimi boshqarish, amaliy sohalar darajalari o`rtasida farqlarni, shuningdek, tashqi holatlarni e`tiborga oladi va boshqarish funktsiyasini samarali amalga oshirish uchun zarur bo`lgan axborotnigina beradi.

Axborot tizimi – boshqarish funktsiyasini amalga oshirish uchun xodimlarni turli xil axborot bilan ta`minlovchi ob`ekt haqidagi axborotni yig`ish, uzatish va qayta ishlash bo`yicha ma`lumotlar va kommunikatsiyaviy tizimni o`zida namoyon etadi. Avtomatlashtirilganlik darajasiga qarab qo`lda tayyorlanadigan,

avtomatlashtirilgan va avtomatik axborot tizimlari mavjud,



2- rasm. Boshqaruv tizimi tuzilmasi

Qo`lda tayyorlanadigan axborotlar tizimida – boshqarish yoki ma`lumotlarni qayta ishlash funktsiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, boshqasi inson tomonidan bajariladi.

Avtomatik axborotlar tizimida – boshqarish va ma`lumotlarni qayta ishlashning barcha funktsiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi.

Qo`llanish sohasiga qarab axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:


  • ilmiy tadqiqotlar;

  • loyihalashtirishni atomatlashtirish;

  • tashkiliy boshqarish;

  • texnologik jarayonlarni boshqarish;

Ilmiy AT ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni tahlil etish, tajribalarni boshqarish uchun mo`ljallangan.

Loyihalashtirishni avtomatlashtirish AT yangi texnika ishlab chiqaruvchilar va muhandis loyihachilar mehnatini avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan.

Tashkiliy boshqarishning AT - shaxslar funktsiyalarini avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan. Bu sinfga va sanoat (korxona) xam nosanoat ob`ektlari (bank, birja, sug`urta kompaniyasi) va ayrim ofislar (ofislar tizimlari) ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi.

Texnologik jarayonni boshqarishning axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan. (Metallurgiya, energetika va hokozolar).

Dastlabki axborot tizimlari 50 – yillarda paydo bo`ldi. Bu yillarda ular maosh hisob-kitoblarini qayta ishlash uchun mo`ljallangan bo`lib, elektromexanik buxgalterlik hisoblash mashinalarida amalga oshirilgandi. Bu qog`oz hujjatlarni tayyorlashda mehnat va vaqtni bir qadar qisqartirishga olib keldi.

60-yillarda axborot tizimlariga munosabat butunlay o`zgardi. Bu tizimlardan olingan axborot davriy hisobot uchun qupgina parametrlar bo`yicha qo`llana boshlandi. Buning uchun maxsus qurilmalar talab etila boshlandi.

70-80 yillar boshlarida axborot tizimlari qarorlarni qo`llab-quvvatlovchi va tezlashtiruvchi jarayonga ega bo`lgan nazorat boshqaruvi vositalari sifatida keng foydalanila boshlandi.

80-yillar oxiridan boshlab, axborot tizimlaridan foydalanish kontseptsiyasi yanada o`zgarib bordi. Ular axborotning strategik manbai bo`lib, istalgan sohada uni tashkil etish barcha darajalarda foydalanilmoqda. Bu davrning axborot tizimlari axborotni o`z vaqtida berib, tashkilot faoliyatida muvaffaqiyatga erishishga yordam bermoqda, ya`ni tovarlar va xizmatlar yaratish, sotish, bozorlarni topish, munosib sheriklar bilan ta`minlash, arzon narxda mahsulot ishlab chiqarish va boshqarishlarga imkon yaratmoqda. Istalgan vazifalardagi axborot tizimi ishini ta`minlovchi jarayonlarni bloklardan iborat holda shartli tasavvur etish mumkin. (3. rasm). Axborot tizimidagi ishlar quyidagi maqsadda olib boriladi:



  • axborotga bo`lgan ehtiyojni aniqlash;

  • axborotning tashqi yoki ichki manbalardan kirishi;

  • tashqi va ichki manbalardan axborot kelishini amalga oshirish;

  • kirayotgan axborotni qayta ishlash va uni qulay ko`rinishda taqdim etish;

  • yo`nalishlarni baholash, bashoratlarni ishlab chiqish, muqobil qarorlar va harakatlarni baholash, strategiyalarni ishlab chiqish uchun axborotlardan foydalanishni tashkil etish;

  • mazkur tashkilot xodimi qayta ishlangan axborotlar bo`yicha teskari aloqani

  • tashkil etish, keladigan axborotlarni tuzatishni amalga oshirish.





3 – rasm. Axborot tizimidagi jarayonlar

Ushbu barcha harakatlar tashkilotning axborot tizimi doirasida u yoki bu axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.

Tashkilot axborot tizimida axborot hajmining o`sishi, uni yanada murakkab usullarda qayta ishlashni tezlashtirish ehtiyoji axborot tizimining ishini tezlashtirish ehtiyoji axborot tizimining ishini avtomatlashtirish, ya`ni axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.





Yüklə 440,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin