Ma`lumotnoma axborot ko`proq tanishtiruvchi xususiyatga ega, ob`ektlarning qancha barqarorligi belgilarini tavsiflaydi va ma`lumotnomalar (spravochniklar) tizimi shaklida namoyon bo`ladi. Xorijiy ma`lumotnoma axborotini
avtomatlashtirilgan ma`lumotlar banki orqali olish mumkin, ularning soni yildanyilga uzluksiz ko`payib bormoqda.
Tavsiyanoma axborot o`z navbatida bosma nashrlarda e`lon qilingan va tijorat ma`lumotlar bazalaridagi ma`lumotlar tahliliga asoslangan maxsus tadqiqotlarni o`tkazish natijalariga ko`ra shakllanadi.
Me`yoriy axborot asosan ishlab chiqarish sohasida shakllanadi va foydalaniladi. U ishlab chiqarishning turli elementlari rejali, miqdoriy o`lchovini tavsiflovchi ilmiy va texnik asoslangan me`yorlar tizimini aks ettiradi.
Signalli axborot muhitdagi ob`ektlar faktik holatining rejasidan chetga chiqishi paydo bo`lganda yuzaga keladi. CHetga chiqish sabablari aniqlangandan so`ng ularni bartaraf etish choralari ko`riladi.