AATning tashkil qilinishi iqtisodiy ob`yektning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ko`maklashadi va boshqaruv sifatini ta`minlaydi. Korxona, firma va barcha sohalarning ish rejalarini muvofiqlashtirishda tezkor qarorlarni ishlab chiqish, moddiy va moliyaviy resurslar bilan aniq harakat qilish orqali AATning eng katta samaradorligiga erishiladi. Shu bois ham AATlarining faoliyat yuritish sharoitlarida boshqaruv jarayonlari ob`yektning o`ziga xos tarkibiy-dinamik xususiyatlarini ko`proq yoki kamroq adekvat aks ettiruvchi iqtisodiy-tashkiliy modellarga asoslanadi.
Avtomatlashtirish darajasiga ko`raavtomatlashtirilgan, avtomatik va noavtomat-lashtirilgan (an`anaviy) boshqarish tizimlari o`zaro farqlanadi.
Avtomatlashtirish darajasiga ko`ra avtomatlashtirilgan, avtomatik va noavtomat-lashtirilgan (an`anaviy) boshqarish tizimlari o`zaro farqlanadi.
Avtomatlashtirilgan tizimlar kishilar bo`g`inini (operatorlar, ma`muriy apparat) o`zining organik tarkibiy qismiga kiritadi.
Avtomatik tizimlar esa yig`ish va sozlashdan so`ng inson ishtirokisiz (proflaktik nazorat va ta`mirlashni hisobga olmasa) prinsip jihatdan ishlashi mumkin va ularni ko`proq texnologiyalarni boshqarishda qo`llashadi, garchi bu o`rinda avtomatlashtirilgan tizimlar afzal ko`rilsa ham.
AAT turli-tuman alomatlari bo`yicha guruhlarga ajratiladi:
AAT turli-tuman alomatlari bo`yicha guruhlarga ajratiladi:
- tashkiliy-texnologik jarayonlarni boshqarishning AAT – bu texnologik jarayonlarni boshqarishning AAT va korxonalarni boshqarishning AATini birlashtiruvchi ko`p darajali tizimdan iborat;
- tashkiliy boshqaruvning AAT - bu iqtisodiyotni boshqarishning barcha bosqichida amalga oshiriladigan, ishlab chiqarish, xo`jalik, ijtimoiy-iqtisodiy, vazifaviy jarayonlar ob`yekti bo`lib xizmat qiladi;