d) axborot tizimida axborotni qayta ishlashning "inson-kompyuter" tizimi sifatida qabul qilish lozim.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga quyidagilar kiradi: odam (xodim), texnik vositalar, axborot va dasturiy ta`minot. Ular birgalikda boshqaruv usullari uchun ma`lumotlarni qayta ishlaydi (1-rasm).
Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga quyidagilar kiradi: odam (xodim), texnik vositalar, axborot va dasturiy ta`minot. Ular birgalikda boshqaruv usullari uchun ma`lumotlarni qayta ishlaydi (1-rasm).
Ixtiyoriy axborot tizimida uning ishlash jarayonini quyidagi tasvirda ko`rsatamiz. Asosiy ishlar 4 ta blokdan iborat: dastlabki ma`lumotni kiritish, unga ishlov berish, natijaviy ma`lumotni iste`molchilarga yoki boshqa AT ga uzatish, teskari aloqani ta`minlash, ya`ni natijani tahlil qilib dastlabki ma`lumotlarni xodimlar yoki boshqa AT tomonidan tuzatish (2-rasm).

AT ning apparat va dasturiy ta'minoti Foydala-nuvchi yoki boshqa AT Axborotni kritish Axborotga ishlov berish Axborotni chiqarish Teskari aloqa
Axborot tizimidagi uchta jarayonlar tashkilotga qarorlar qabul qilish, boshqarish, muammolarni tahlil qilish va yangi mahsulotlar va xizmatlarni yaratish uchun zarur bo`lgan axborotlarni yaratadilar - bu kiritish, ishlab chiqish va chiqarishdir. Kiritish jarayonida tashkilot ichki yoki tashqi muhitdan tekshirilmagan ma`lumotlar qayd qilinadilar yoki yig`iladilar. Ichki axborotlar korxonada ishlab chiqarishni borishi, rejani bajarilishi, sexlar, uchastkalar, xizmatlarning ishlari, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotilishi haqidagi ma`lumotlarni aks ettiradilar. Axborot tizimi oraliq, ma`lumotnomaviy va yakuniy natijalarni saqlanishini amalga oshiradi. Yuqorida sanab o`tilgan jarayonlarni amalga oshirish uchun belgilangan resurslar zarurdir. Bunday resurslar ma`lumotlar, xodimlar, axborot texnologiyalari va foydalanuvchiga yo`riqnomalardan iboratdir.