Axborot xavfsizligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/197
tarix04.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#141469
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   197
GANIEV S axborot xavfsizligi

Nazorat savollari: 
1.
Elektromagnit nurlanish indikatorining ishlash sxemasini tushuntirib 
bering. 
2.
Radiochastotomerlarning ishlash rejimlarini tushuntirib bering. 
3.
Skanerlovchi 
qurilmalarning 
axborot 
sirqib 
chiqishidan 
himoyalashdagi ahamiyati. 
4.
Shaxsiy kompyuterlar asosida qurilgan avtomatlashtirilgan qidiruv 
kompleksi. 


263 
10.3. Ob’ektlarni injener ximoyalash va texnik qo‘riqlash 
 Axborot 
manbalarini 
fizik 
ximoyalash 
tizimi 
niyati 
buzuqning 
ximoyalanuvchi axborot manbalariga suqilib kirishini oldini oluvchi hamda tabiiy 
ofatdan, avvalo yonG‘indan, ogoxlantiruvchi vositalarni o‘z ichiga oladi. 
Injener konstruksiyalar
taxdid manbalarini axborot manbalari tomon 
xarakati (tarqalishi) yo‘lida ushlab qoluvchi to‘siqlarni yaratadi. Ammo axborotni 
himoyalashni ta’minlash uchun taxdidlarni niyati buzuqning va tabiiy ofatning 
himoyalanuvchi axborotli manbaga ta’siridan oldin neytrallash zarur. Buning 
uchun taxdid 
neytrallash vositalari
tomonidan aniqlanishi va oldi olinishi zarur. 
Bu masalalar 
axborot manbalarini texnik qo‘riqlash 
vositalari tomonidan hal 
etiladi. 
Axborotga taxdidlarning turlari va ro‘y berishi vaqtining noaniqligi, 
axborotni himoyalovchi vositalarining ko‘p sonliligi va turli – tumanligi, favqulot 
vaziyatlardagi vaqtning tanqisligi 
axborotni fizik himoyalash vositalarini 
boshqarishga
yuqori talablar qo‘yadi. 
Boshqarish qo‘yidagilarni ta’minlashi lozim: 

axborotni himoyalashning umumiy prinsiplarini amalga oshirish; 

axborotni fizik himoyalash tizimini va uni sirqib chiqishidan himoyalash 
tizimini yagona doirada ishlashini muvofiqlashtirish; 

axborotni himoyalash bo‘yicha operativ qaror qabul qilish; 

himoya choralarining samaradorligini nazoratlash. 
Fizik himoyalash tizimini boshqarish bo‘yicha me’yoriy xujjatlar axborotni 
himoyalash bo‘yicha yo‘riqnomalarda o‘z aksini topgan. Ammo yo‘riqnomalarda 
barcha vaziyatlarni hisobga olish mumkin emas. Fizik himoyalash tizimining 
vositalari vaqt tanqisligi sharoitida notipik vaziyatlar sodir bo‘lganida to‘g‘ri 
xulosa qabul qilinishini ta’minlashi lozim. 
Axborotni ximoyalash uning samaradorligini nazoratlamasdan amalga 
oshirish mumkin bo‘lmaganligi sababli, boshqarish tizimining muxim vazifasi 
ximoyalash bo‘yicha choralarni turli xil nazoratlashni tashkil etish va amalga 


264 
oshirishdir. 
Fizik ximoyalash tizimining tarkibi turli – tuman: oddiy qulfli yog‘och 
eshikdan to qo‘riqlashning avtomatlashtirilgan tizimigacha. Fizik ximoyalash 
tizimning umumlashtirilgan sxemasi 10.11-rasmda keltirilgan. 
Ob’ektlarni injener himoyalash va texnik qo‘riqlash zaruriyati statistika 
orqali tasdiqlanadi, ya’ni suqilib kirishlarning 50% dan ko‘prog‘i xodimlar va 
mijozlar tomonidan erkin foydalaniladigan ob’ektlarga amalga oshirilsa, faqat 5 % 
kuchli qo‘riqlash rejimli ob’ektlarga amalga oshiriladi.
Niyati buzuqlarning suqilib kirishlari yashirincha, instrument yordamida 
yoki portlatish orqali injener konstruksiyalarini mexanik buzish bilan amalga 
oshirilishi mumkin. Ba’zi xollarda suqilib kirishlar qorovullarni neytrallash bilan 
xarbiy xujum ko‘rinishida amalga oshiriladi. 
10.11-rasm. Axborot manbaini fizik himoyalash tizimining strukturasi 
Axborotni injener ximoyalashni quyidagilar ta’minlaydi: 

niyati buzuqning va tabiiy ofatning axborot manbalariga (yoki 
qimmatbaho narsalarga) qarab harakat qilishi mumkin bo‘lgan yo‘ldagi tabiiy va 
sun’iy to‘siqlar; 

foydalanishni nazoratlovchi va boshqaruvchi tizimlarning to‘suvchi 
qurilmalari. 
Axborot manbaini fizik himoyalash 
tizimi 
Axborot manbaini injener 
himoyalash 
Axborot manbaini fizik himoyalash 
vositalarini boshqarish 
Axborot manbaini texnik 
qo’riqlash 


265 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin