Axborot xavfsizligi


Qo‘l panjasining geometrik shakli bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/197
tarix04.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#141469
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   197
GANIEV S axborot xavfsizligi

Qo‘l panjasining geometrik shakli bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari. 
Qo‘l panjasi shaklini o‘quvchi qurilmalar barmoqlar uzunligini, qo‘l panja qalinligi 
va yuzasini o‘lchash orqali qo‘l panjasining hajmiy tasvirini yaratadi. Masalan, 
Recognition Systems kompaniyasining mahsulotlari 90 dan ortiq o‘lchamlarni 
amalga oshiradi. Natijada keyingi taqqoslash uchun 9-xonali namuna 
shakllantiriladi. Bu natija qo‘l panjasini individual skanerida yoki 
markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasida saqlanishi mumkin. Qo‘l panjasini 
skanerlovchi qurilmalar narxining yuqoriligi va o‘lchamlarining kattaligi sababli 
tarmoq muhitida kamdan-kam ishlatilsada, ular qat’iy xavfsizlik rejimiga va 
shiddatli trafikka ega bo‘lgan hisoblash muhiti (server xonalari ham bunga kiradi) 
uchun qulay hisoblanadi. Ularning aniqligi yuqori va inkor koeffitsienti ya’ni inkor 
etilgan qonuniy foydalanuvchilar foizi kichik. 
Yuzning tuzilishi va ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalovchi tizimlar. 
Bu 
tizimlar arzonligi tufayli eng foydalanuvchan hisoblanadilar, chunki aksariyat 
zamonaviy kompyuterlar video va audeo vositalariga ega. Bu sinf tizimlari 
telekommunikasiya 
tarmoqlarida 
masofadagi 
foydalanuvchi 
sub’ektni 
identifikasiyalash uchun ishlatiladi. 
Yuz tuzilishini skanerlash texnologiyasi
boshqa 
biometrik texnologiyalar yaroqsiz bo‘lgan ilovalar uchun to‘g‘ri keladi. Bu holda 
shaxsni identifikasiyalash va verifikasiyalash uchun ko‘z, burun va lab 
xususiyatlari ishlatiladi. Yuz tuzilishini aniqlovchi qurilmalarni ishlab 
chiqaruvchilar 
foydalanuvchini 
identifikasiyalashda 
hususiy 
matematik 
algoritmlardan foydalanadilar.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pgina tashkilotlarning hodimlari yuz tuzilishini 
skanerlovchi qurilmalarga ishonmaydilar. Ularning fikricha kamera ularni rasmga 
oladi, so‘ngra suratni monitor ekraniga chiqaradi. Kameraning sifati esa past 
bo‘lishi mumkin. Undan tashqari yuz tuzilishini skanerlash – biometrik 
autentifikatsiyalash usullari ichida yagona, tekshirishga ruxsatni talab qilmaydigan 


182 
(yashiringan kamera yordamida amalga oshirilishi mumkin) usul hisoblanali.
Ta’kidlash lozimki, yuz tuzilishini aniqlash texnologiyasi yanada 
takomillashtirilishni talab etadi. Yuz tuzilishini aniqlovchi aksariyat algoritmlar 
quyosh yorug‘ligi jadalligining kun bo‘yicha tebranishi natijasidagi yorug‘lik 
o‘zgarishiga ta’sirchan bo‘ladilar. Yuz holatining o‘zgarishi ham aniqlash 
natijasiga ta’sir etadi. Yuz holatining 45
0
ga o‘zgarishi aniqlashni samarasiz 
bo‘lishiga olib keladi. 
Ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari.
 
Bu tizimlar arzonligi tufayli 
foydalanuvchan hisoblanadilar. Hususan ularni ko‘pgina shaxsiy kompyuterlar 
standart komplektidagi uskuna (masalan mikrofonlar) bilan birga o‘rnatish 
mumkin. Ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari har bir odamga noyob 
bo‘lgan balandligi, modulyatsiyasi va tovush chastotasi kabi ovoz xususiyatlariga 
asoslanadi. Ovozni aniqlash nutqni aniqlashdan farqlanadi. Chunki nutqni 
aniqlovchi texnologiya abonent so‘zini izoxlasa, ovozni aniqlash texnologiyasi 
so‘zlovchining shaxsini tasdiqlaydi. So‘zlovchi shaxsini tasdiqlash ba’zi 
chegaralanishlarga ega. Turli odamlar o‘xshash ovozlar bilan gapirishi mumkin, 
har qanday odamning ovozi vaqt mobaynida kayfiyati, hissiyotlik holati va yoshiga 
bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Uning ustiga telefon apparatlarning turli-
tumanligi va telefon orqali bog‘lanishlarining sifati so‘zlovchi shaxsini aniqlashni 
qiyinlashtiradi. Shu sababli ovoz bo‘yicha aniqlashni yuz tuzilishini yoki barmoq 
izlarini aniqlash kabi boshqa usullar bilan birgalikda amalga oshirish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin