Axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilishning zaruriyati


Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining xavfsizligi



Yüklə 103,44 Kb.
səhifə3/6
tarix25.12.2023
ölçüsü103,44 Kb.
#195924
1   2   3   4   5   6
Kompyuter tarmoqlari(1)

Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining xavfsizligi deganda, ular me’yoriy ishlash jarayoniga tasodifiy yoki oldindan mo‘ljallangan aralashishdan, hamda ularning tashkil etuvchilarini o‘g’irlashga, o‘zgartirishga yoki buzishga bo‘lgan intilishlardan himoya qilinganligi tushuniladi.
Axborotga murojaat qilish deganda, axborot bilan tanishib chiqish, uni qayta ishlash, nusxalash, o‘zgartirish va yo‘qotish tushuniladi.
Axborotga ruxsat etilgan murojaat qilish bu, murojaat qilish cheklanishlariga o‘rnatilgan qoidalarni buzmaydigan, axborotga murojaat qilish tushuniladi.
Axborotga ruxsat etilmagan murojaat qilish bu, murojaat qilish cheklanishlariga o‘rnatilgan qoidalarning buzilishi bilan tavsiflanadi.
Berilganlarning maxfiyligi bu, berilganlarga taqdim etilgan va ularni himoya qilish talab etilgan darajani aniqlaydigan maqomdir.
Tizim sub’ekti tizimning tashkil etuvchisi bo‘lib, u ob’ektdan ob’ektga axborot oqishining yoki tizim holatini o‘zgartirishni sababchisi bo‘lishi mumkin.
Tizim ob’ekti tizimning axborotni saqlaydigan, qabul qiladigan yoki uzatadigan sust tashkil etuvchisidir.
Telekommunikatsiya tizimlariga xujum bu tizimning u yoki bu bog’liqligini qidirish va ishlatish ma’nosini bildiradigan, yomon niyatli odam tomonidan bajariladigan harakatdir.
Xavfsiz yoki himoya qilingan tizim xavfsizlik xavflariga muvaffaqiyatli va samarali qarshi turadigan, zarur himoya qilish vositalariga ega bo‘lgan tizimdir.Xavfsizlik siyosati bu himoya qilish vositalarining ishlashini axborot xavfsizligining xavfi berilgan to‘plamidan me’yor, qoida va amaliy tavsiyanomalarning yig’indisidir.
Zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoya qilish deganda uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborotning ishonchliligi va butunligini ta’minlash maqsadida turli xil vosita va usullarni ishlatish, choralarni ko‘rish va tadbirlarni o‘tkazish tushuniladi.

Yüklə 103,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin