2. “Parchalab tashlangan axborotlar” ko‘rinishidagi g‘oyalar. Badiiy-g‘oyaviy jihatdan sayoz qo‘shiqlar, “yaltiroq” hayotni targ‘ib etuvchi kinofilmlar, uzluksiz davom etuvchi seriallar, yarashiqsiz, milliy turmush tarzi, qadriyatlarga nomunosib liboslar negizida ham shaxsni oliy maqsadlar, umumbashariy g‘oyalardan chalg‘ituvchi, faqatgina maishiy o‘y-niyatlar bilan yashashga undovchi qarashlar ifodalanadi.
3. “Sovuq bo‘lmagan qurol”lar.Bugungi kunda yoshlar orasida juda keng qo‘llanilayotgan “sovuq bo‘lmagan qurol” – mobil telefoni, Internet tarmog‘i sanaladi. Unga yoshlar shu darajada qattiq bog‘lanishganki, buning oqibatida ushbu vositaning inson organizmiga etkazadigan zararini anglay olmayaptilar yoki anglasalar-da, undan oqilona foydalanishga urinmayaptilar.
4. Axborot vositasida xizmat ko‘rsatish.Dunyoqarashi etarlicha shakllanmagan yoshlarni “o‘z ta’sir doirasi”ga olishga urinishning bu ko‘rinishi ular o‘rtasida turli mish-mishlarga asoslangan, dalil-isbotga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni tarqatish sanaladi. Bunda ayniqsa, yoshlar o‘rtasida “ommalashgan” aktyorlar, qo‘shiqchilar, sportchilar yoki tele-radio boshlovchilar hayoti, faoliyatiga oid mish-mishlarni ko‘paytirish orqali ularning e’tiborini ijtimoiy maqsad, harakatlardan chetga tortish istagi yotadi.
2-keys bayoni Pedagogik jihatdan axborot xavfsizligi shaxsning muayyan turdagi axborotlarning o‘z ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan muhofazalanish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi, o‘zini o‘zi xavfli axborotlardan himoya qila olish ko‘nikma, malakalariga ega bo‘lishiga erishishni talab qiladi.
Keys savoli Sizning fikringizcha, shaxs axborot xavfsizligiga ega bo‘lishi uchun qanday ko‘nikma, malakalarga ega bo‘lishi zarur?
O‘qituvchining echimi SHaxs axborot xavfsizligiga ega bo‘lishi uchun quyidagi ko‘nikma, malakalarga ega bo‘lishi zarur:
1) faqat muhim, zarur va foydali bo‘lgan axborotni izlash;
2) topilgan axborotlar orasidan o‘zi uchun kerakli, zarur va foydali axborotlarni saralash;
3) tanlangan axborotlarning mohiyatini tahlil qilish;
4) to‘plangan axborotlarni qayta ishlash;
5) zarur va foydali axborotlarni o‘zlashtirish;
6) o‘zlashtirilgan axborotlardan maqsadga muvofiq foydalanish.
3-keys bayoni Bugungi kunda axborot muhitida “axborot-psixologik urush” tushunchasi ham keng qo‘llanilmoqda. Axborot-psixologik urush axborot yordamida yoki axborotlarga tayangan holda o‘zga davlatlarning tinch aholisi yoki harbiy xizmatchilariga siyosiy, harbiy maqsadlarga erishish maqsadida psixologik ta’sir ko‘rsatish sanaladi. Axborot-psixologik urushning ilk ko‘rinishi qadimgi Misrda ko‘zga tashlangan. Tarixdan ma’lumki, qadimgi Misr uzoq va yaqin qo‘shni mamlakatlarga ko‘plab urushlar uyushtirgan va ularning ko‘pida mag‘lubiyatga uchragan. Ko‘plab urushlarda Misr mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, biroq, davlat sifatida majud bo‘lib qolavergan.
Keys savoli Nima uchun Misr ko‘plab urushlarda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, biroq, davlat sifatida majud bo‘lib qolavergan?