NAFOSAT FALSAFASI VA SEMIOTIKA . Nafosat falsafasi semiotika–belgilar va belgilar
tizimi haqidagi fan bilan ham aloqador. Chunki san’at asari belgilar orqali namoyon bo’ladi.
Masalan, harflar, notalar v.h. Boshqacharoq qilib aytganda, bilish va baholash faoliyati natijalarini,
ya’ni semantik va pragmatik axborotni o’zida mujassam qilgan san’at asari o’sha axborotni etkazib
berishga ham mo’ljallangan. Ana shu san’atning belgi bilan bog’liq tomonini, kommunikativ-
vositachilik jihatini semiotika o’rganadi. Ayni paytda, nafosat falsafisida tuzilmali-semiotik
nafosatshunoslik deb ataladigan nazariya ham mavjud. Unda san’at maxsus til yoki belgilar tizimi,
alohida san’at asari esa ana shu tizim belgisi yoki o’sha tizim belgilarining izchilligi sifatida olib
qaraladi. Zero bunda belgi san’at asarini idrok etuvchiga uni etkazib beruvchi hodisa tarzida
o’rganiladi.
Bundan tashqari, nafosat falsafasi kibernetika, ekologiya va, yuqorida aytib o’tganimizdek,
barcha san’atshunoslik fanlari bilan ham yaqin aloqadorlikda ish olib boradi. Chunonchi har bir
san’at turining «o’z estetikasi» mavjud: so’z san’ati estetikasi, teatr estetikasi, musiqa estetikasi
v.h.
GO‘ZALLIK - NAFOSAT FALSAFASINING MARKAZIY KATEGORIYASI Har bir fan o‘z maqomiga ko‘ra muayyan tadqiqot faoliyat sohasi bo‘lib, bu faoliyat tabiat,
jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishga qonun va kategoriyalar asosida olamni
yangidan idrok etishga qaratilgan bo‘ladi. Nafosat falsafasi ham o‘zining qonun va
kategoriyalariga ega. Nafosat falsafasi kategoriyalari (go‘zallik, xunuklik, ulug‘vorlik, tubanlik,
fojiaviylik, kulgililik va h.k.) inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va ijtimoiy borliq bilan doimo
hamkorlikda vujudga keladi.
«Go‘zallik»ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror-bir qat’iy fikr mavjud emas. Biroq,
go‘zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon bo‘lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat
rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g‘oyalar, yaratilgan ta’limotlar o‘zining
salmog‘i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy-jismoniy, axloqiy-estetik faoliyati, tabiat va
undagi hodisalar, jamiyat va unda ro‘y berayotgan ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy-iqtisodiy jarayonlar
go‘zallikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obektlaridir.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, go‘zallik haqidagi qarashlar va nazariyalar markaziga
«Go‘zallik nima?» degan savol qo‘yiladi-yu, ammo ularning aksariyatida «Nima go‘zal?» degan
savolga javobni ko‘ramiz. Bu borada «Go‘zallik bu g‘oyalardan iborat g‘oyaning g‘oyasi»
(Aflotun), «Go‘zallik-bu turli musiqalar, yaxshi xulq-atvorga to‘g‘ri keladigan, odamlar erishishga
havas qiladigan narsalardir» (Abu Nasr Forobiy), «Har qanday go‘zallik, go‘zallikni anglay olgan
muhabbat ob’ektidir» (Abu Homid G‘azzoliy), «Go‘zallikka muhabbat qo‘yishning asosida ham
aql, ham hissiyot yotadi» (Ibn Sino), «Go‘zallik barcha tillarda vasf etiladi va har qanday aqlga
xush keladi» (Umar Hayyom), «Go‘zallik bu hayotdir» (N.G.Chernishevskiy), «Go‘zallik hissi,
yoqimlilik tuyg‘usiga bog‘liq holda, odamlarning birlashuviga, ularda ijtimoiy-ahloqiy
fazilatlarning shakllanishiga olib keladi» (E.Byork), «Go‘zallik manfaatsiz maftunlikning,
muhabbatning ob’ekti» (I.Kant), «Go‘zallik-hodisaga aylangan erkinlik» (F. SHiller), «To bizga
taalluqli emas ekan, hamma narsa go‘zal» (A. Shopenhauer), «Go‘zallik Xudo-san’atkor
tomonidan yaratilgan illyuziya-xayolotdir» (F. Nitsshe), «Qaerdaki modda nurafshon bo‘lsa,
o‘sha erda go‘zallik hodisasini uchratish mumkin: modda va nurning uzviy omuxtaligi-hayotdir»
(Vl.Solovyov) va shu kabi fikrlar go‘zallikka turlicha yondoshuv natijasida yuzaga kelgan.
Odatda,