Axloq falsafasi (etika)



Yüklə 477,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/44
tarix16.12.2023
ölçüsü477,04 Kb.
#183484
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44
Falsafa 6 mavzu

yaxlitlik

birlik

mutanosiblik
,
tenglik
. Mazkur tushunchalar narsa-hodisalarda bevosita 
yoki bilvosita ishtirok etadi. Masalan, bahor faslining go‘zalligi tabiatning uyg‘onishi, 
ko‘klamning yuz ochishi bilan belgilansada, undagi muhim unsur moslik tushunchasi bilan, ya’ni 
faslning inson manfaati va ehtiyojiga mosligi - kunlarning isishi, atrofga yoqimli hidlarning 
taralishi, bahoriy gullarning unib chiqishi va hokazolar bilan ifodalanadi. Qish ham qahraton 
sovug‘i, oppoq qori bilan o‘ziga xos go‘zal fasl, biroq uning sovug‘i va qori bahorning go‘zalligiga 
zarar etkazadi.
Go‘zallik sifatlari tug‘yoniylik, maftunkorlik, foydalilik, mo‘‘jizaviylik singari tushunchalar 
orqali izohlanadi. Go‘zallikning xususiyatlari esa qulaylik, manfaatdorlik, yoqimlilik, chiroylilik 
tushunchalari bilan belgilanadi. Unsurlar, sifatlar va xususiyatlar uyg‘un bo‘lgan narsa-
hodisalargina chinakam go‘zallikni aks ettirishi mumkin. Zero, chiroyli narsaning sifati bizning 
manfaatimiz uchun hamoxang bo‘lmasa yoki bizning maqsadlarimizga mos kelmasa u har qancha 
maftunkor bo‘lmasin go‘zallik sifatida baxolanmaydi.
Shu o‘rinda go‘zallik tushunchasi «chiroyli», «ko‘rkam», «nafis», «jozibador», 
«maftunkor», «latofatli» kabi tushunchalarga nisbatan keng qamrovli va ustuvor ekanligini 
alohida ta’kidlash joiz. Ayniqsa, go‘zallik bilan kundalik turmushimizda tez-tez tilga olinadigan 
«chiroylilik» tushunchasi orasida muayyan tafovutlar mavjud.
Chiroylilik
- narsalarning tashqi ko‘rinishini, holatini, bajarilgan ish yoki qilingan ha-
rakatdagi o‘zaro hamohanglikni ifodalovchi tushuncha. Chiroylilik insonlarda yoqimli taassurot 
qoldiradi, ammo ayni bir paytda o‘sha chiroyli bo‘lgan narsa-hodisa yoqimsiz holatlarni ham 
vujudga keltiradi. Masalan, «Bangidevona» o‘simligining guli oppoq, chiroyli bo‘ladi. Ammo, 
gulining hidi yoqimsiz, tanasidan sassiq xid chiqadi. Shu ma’noda aytishimiz mumkinki
chiroylilik narsa-hodisaning yoki shakl yoki mazmunidagi xususiyatni aks ettirishi bilan kishida 
yoqimli taassurot qoldiradi. Shuning uchun ham narsa-hodisalarning faqat shakl (tashqi) yoki 
faqat mazmun (ichki) mohiyatiga qarab unga go‘zallik iborasini ishlatish o‘rinli emas. Zero, 
go‘zallik narsa-hodisalarning faqat bir tomoninigina aks ettirmaydi, aksincha u mazmun bilan 
shaklning uyg‘unligi, mosligi, hamoxangligi, maqsadga muvofiqligi asosida shakllanadi. Shu 
ma’noda go‘zallik ham obektiv ham subektiv xususiyatga ega. Tabiat go‘zalligi obekt (inson) va 


subekt (o‘simlik va hayvonot dunyosi)ning tartibi va uyg‘unligiga asoslanadi. Uyg‘unlik va 
tartibning buzilishi esa tabiat va inson uchun zararli oqibatlarga olib kelishini bugungi kundagi 
ekologik muammolar orqali ko‘rishimiz mumkin.

Yüklə 477,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin