Rembrandtning «Muqaddas oila» asari, Hindi-Xitoy mintaqasidagi
Buddha ibodatxonalari ana
shunday diniy-badiiy asarlardir. Ularda diniy g’oyalar badiiyat orqali ifoda topgan. Nafosat
falsafasi bunday asarlarni tadqiq etar ekan, albatta, dinshunoslik bilan hamkorlik qilmay iloji yo’q:
u o’sha diniy g’oyalarning
mohiyatini, har bir umumjahoniy dinning san’at oldiga qo’ygan
talablarini yaxshi bilmog’i va hisobga olmog’i lozim.
NAFOSAT FALSAFASI VA PEDAGOGIKA
. Estetikaning pedagogika
bilan aloqasi tarbiya
muammolarini hal qilish borasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki pedagogika ham ma’lum
ma’noda nafosat tarbiyasi bilan shug’ullanadi. Lekin bu tarbiya alohida-alohida, muxtor qismlarga
bo’lingan holda, turli yosh va sohalar uchun maxsus belgilangan tarbiya tarzida, ya’ni muayyan,
aniq chegaralarda olib boriladi. Masalan, maktabgacha tarbiya, o’quvchilar tarbiyasi, sportchilar
tarbiyasi v. h. Pedagogika ana shu sohalar va yosh bo’yicha olib borilayotgan estetik tarbiya
muammolarini o’rganadi. Nafosat falsafasi esa nafosat tarbiyasining umumiy qonun-qoidalarini
ishlab chiqadi, ya’ni, inson tug’ilganidan boshlab to o’lgunigacha bosib o’tadigan
bosqichlar
uchun umumiy bo’lgan tarbiya falsafasi sifatida ish ko’radi. Demak, rus nafosatshunosi M. Kagan
aytganidek, pedagogika tarbiya borasida taktik tabiatga ega bo’lsa, nafosat falsafasi uning
strategiyasidir.
Dostları ilə paylaş: