Axloq falsafasi (etika)



Yüklə 477,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/44
tarix16.12.2023
ölçüsü477,04 Kb.
#183484
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
Falsafa 6 mavzu

KULGILILIK
.
Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan. Jumladan
Aflotun
ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, deydi

Arastu fikricha
, kulgi ayrim xatoliklar 
hamda kishilarga ozor etkazmaydigan va zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi.
Insondagi badjahllik, suskashlik, ziqnalik, izzattalablik, shuhratparastlik kabi illatlar kulgililik 
uchun ob’ekt bo‘ladi. O‘rta asrlarga kelib kulgililikka insonning Xudoga bo‘lgan e’tiqodini 
susaytiruvchi vosita sifatida qaraldi. Xususan, bu davrda «Islom dini kulgini inkor etadi», - degan 
fikrlar ham yuzaga keldi. Aslida esa Islom dinining muqaddas manbalarida kulgi va kulgilik 
ulug‘lanadi: 
hadislarda
«
Kuldiruvchi ham, yig‘latuvchi ham Olloh taolodir!»
-deyiladi. 
Kulgilililik boshqa nafosatli hodisalar singari faqat ob’ektiv tomonga ega bo‘lmay, sub’ektiv 


tomonlarni ham o‘zida birlashtiradi. 
Kulgililikning sub’ektiv tomoni
- keng ma’nodagi hazil 
(yumor) tuyg‘usidir. 
(Moler
hazil tuyg‘usini insonni hayvondan ajratib turadigan xususiyati deb 
atagan edi.) 
Hazil - insonlararo munosabatlarni tabiiy va erkin idrok etishi, turli beo‘xshov 
ziddiyatlarni anglagan holda ularga nisbatan oqilona kulgi bilan javob berish qobiliyatidir.
Xajviya
- jamiyat, inson faoliyatidagi illatlar va ularning oqibatlari, olam mukammalligi va 
inson ideallariga nomuvofiq kelishini ko‘rsatib beruvchi kulgi turidir. Umuman olganda
estetikaning mezoniy tushunchalari (kategoriyalari)ni bir-biri bilan doimiy hamkorlikda 
mustahkamlanib boradi. Ayniqsa, bu jarayonda go‘zallik kategoriyasi bog‘lovchi vazifasini 
bajaradi. SHuning uchun fojiaviylikda, ulug‘vorlikda, xunuklikda ham go‘zallik unsurlarining 
uchrashi bejiz emas

Yüklə 477,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin