Axloqiy illatlar-tarbiyasizlik oqibatlari



Yüklə 12,44 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü12,44 Kb.
#196508
Axloqiy illatlar

Axloqiy illatlar-tarbiyasizlik oqibatlari

Asosiy mezoniy tushunchalar – kategoriyalar singari aхloqiy tamoyillar ham aхloqiy anglash shakllaridan hisoblanadi. Ularda aхloqiy talab nisbatan umumiy tarzda ko’zga tashlanadi.
Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo’yiladigan talab tarzida namoyon bo’lib, insonning aхloqiy mohiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o’zaro aloqalaridagi asosiy jihatlarini belgilab beradi. Natijada tamoyillar, inson hatti - harakatining umumiy yo’nalishini ko’rsatgan holda, ko’pgina aхloqiy me’yorlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Aхloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muhimlaridan biri – insonparvarlik. U – insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g’oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr - qimmati, uning baxtli bo’lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga engilmas ishonch. Insonparvarlik tamoyilini, Ovro’po Uyg’onish mutafakkirlari dastlab ilgari surganlar, degan fikr mavjud. Aslida, insonparvarlik dastavval Sharqda o’rtaga tashlangan, insoniylik, insonparvarlik degan ma’noni bildiruvchi «namlulu» so’zi bundan 3 - 4 ming yillar avvalgi qadimgi Somir mih hatlarida uchraydi. Insonparvarlik – umuminsoniy

qadriyatlar sirasiga kiradi. Uni sho’rolar davridagi sinfiylik nuqtai nazaridan


sohtalashtirish proletar diktaturasi va totalitar sosialistik tuzum hamda ular ijodkorlarining insonparvarligi haqidagi afsonalar juda qisqa umr ko’rdi.
Sosializm mafkurachilarining bu boradagi sayi - harakatlari o’sha davrlardayoq noilmiyligi, yolg’onga sug’orilganligi bilan kishilarning g’ashini keltirgan edi. Bunday insonparvarlikni xalq qabul qilmaydi. Chunki u aynan o’ta mavhum «xalq» tushunchasiga qaratilgan, vaholanki insonparvarlik markazida muayyan shaxs turmog’i lozim. har bir shaxs insoniy huquqlarini ta’minlash uchun kurashish – mana, insonparvarlikning asosiy vazifasi. Bu borada umumbashariy ma’naviy qadryatlarni ustuvor deb bilgan bizning davlatimiz ham mamlakat ichkarisida, ham dunyo miqyosida ko’zga ko’rinarli ishlar qilmoqda. Agar insonparvarlik tamoyili shaxsning barcha insoniy haq - huquqlari himoyasida tursa, ya’ni ancha keng qamrovli va umumiy intilish bo’lsa, erkparvarlik tamoyili uning ma’lum ma’noda muayyanlashgan bir qismi hisoblanadi. Erkparvarlik insonning eng oliy huquqi – erkin, ozod yashash huquqini himoya qilishi bilan muhimdir. Zero erksiz inson – asir, erksiz millat – qul, erksiz mamlakat – mustamlaka. Erkparvarlik, avvalo, o’z millati o’z Vatani erki uchun, qolaversa, boshqa millatlar va vatanlar erki uchun kurashni hayotining maqsadi qilib qo’ygan insonlar tamoyilidir. Ayni paytda, bu tamoyil keng ijtimoiy siyosiy ma’noda ham qo’llaniladi. Buni erkparvar davlatlar faoliyatida ko’rish mumkin.


Odatda, erkparvar shaxslar muayyan davrning qahramonlariga aylanadilar. Zero ular o’zgalar erki uchun o’z erkini, o’z hayotini qurbon qilishdan ham cho’chimaydilar. Buning yorqin misoli buyuk ingliz mumtoz shoiri Jorj Bayron siymosidir. U ingliz bo’laturib, o’z vatani Angliyada Irlandiya ozodligi, irlandlar erki uchun kurashdi: ko’pchilikning hayrati va nafratiga uchradi, Vatanni tark etishga majbur bo’ldi. o’z yurtida erk uchun kurashish baxtidan mahrum bo’lgan shoir o’zga vatanlar erki uchun kurashga otlandi, Italiyani Avstriya istibdodidan ozod qilish harakatining rahbarlaridan biriga aylandi. Bu haqda u shunday deb yozgan edi:


Erk uchun Vatanda qilolmasang jang,
Sen qo’shni vatanlar erki deb kurash;
Yunonu Rumoning tug’an tut tarang,
Boshingni tika bil erk uchun sarkash!
Ezgulik yo’lida bo’lsang qahramon,
Sen inson erki deb kurashsang azot,
Bir, kuni, sirtmoqdan gar qolsang omon,
Jo’mard deb alqagay seni odamzot!

Italiyadagi ozodlik harakati mag’lubiyatga uchragach, u qadim Yunonistonni Turkiya zulmidan ozod qilish uchun kurashdi. U Yunonistonda, botqoqlik yonidagi Missolungi shahrida og’ir bezgakdan vafot etdi. Uning o’limi ham istibdodga qarshi shiorga aylandi: qo’zg’olonchilar: «Bayron uchun!» degan jangovar hayqiriq bilan jangga otildilar. Benazir, Yunonistonning ozod qilingan qismi general - gubernatori, erksevar qo’mondon va ulug’ inson xotirasiga yunon xalqi yigirma bir kun qora qiyib, motam tutdi. Hamma cherkovlarda Bayron haqqiga ibodat qilindi. Darhaqiqat, erkparvarlik tamoyilini hayotining ma’nosi deb bilgan insonlarning ma’naviy umri boqiy, ular kelajak avlodlar uchun ideal bo’lib qoladilar. Eng ma’lum va mashhur tamoyil, bu – vatanparvarlik. U insonning o’z Vataniga muhabbatini, uni asrab - avaylashga bo’lgan ishtiyoqini anglatuvchi aхloqiy tushuncha.



Yüklə 12,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin