Axmamat jumayev, surayyo sharipova


Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rni



Yüklə 464,23 Kb.
səhifə32/118
tarix15.08.2023
ölçüsü464,23 Kb.
#139446
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118
Ijtimoiy pedagogika-fayllar.org

3.4.Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rni
O‘zbek xalqi o‘ziga xos etnik muhitga egadir. Bunday muhitda bolalar yoshligidan o‘z ona (milliy) tillarining va unda o‘z aksini topgan ertaklar, afsonalar, rivoyatlar, maqollar, ashulalarning ta’sirida bo‘ladilar. Bolalar asta-sekin milliy an’analar, urf-odatlarning aniq me’yorlariga ko‘nikishadi. O‘quvchilar milliy tarixni, adabiyotni o‘rganish va ona tillarida turli ma’lumotlarni olish orqali o‘smirlik yoshidayoq o‘z etnik va umummilliy mansubliklarini anglay boshlaydilar.
Etnomadaniy sharoitlarning ijtimoiylashuviga ta’siri mentalitet darajasida nisbatan yorqin namoyon bo‘ladi. “Mentalitet” tushunchasi XX asr boshida fransuz olimi L. Levi-Bryul tomonidan fanga kiritilgan. Mentalitet “etnos” (xalq, elat) tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Etnos-bu tarixan bir hududda shakllangan, til, madaniyat, ruhiyatning umumiy, nisbatan barqaror xususiyatlariga ega bo‘lgan, shuningdek, boshqa shunday tuzilmalardan o‘z o‘zini anglashi bilan ajralib turuvchi insonlar majmuasidir. Biron bir etnosga mansublik tug‘ilishdanoq bo‘lmay, ijtimoiylashuv, shaxsning muayyan madaniy sohadagi shakllanishi, bolaning axloqiy steriotiplarni o‘zlashtirishi davomida namoyon bo‘ladi. Mentallik insonning olam, o‘zining bu olamda tutgan o‘rni haqidagi tasavvurlari asosida yotgan obrazlar tizimi bo‘lib, biron-bir davrdagi u yoki bu etnik guruhga xos bo‘lgan dunyoqarashdir.
Mentalitet” kategoriyasi hozirgi vaqtda gumanitar fanlarda an’analar va madaniyat orqali aniqlab beriluvchi ommaviy dunyoqarashning tarkibini ifodalash uchun ishlatilmokda. Mentalitetning turli ta’riflari mavjud bo‘lib, anglanmagan darajada jamoa tasavvurlari majmuasidir. Mentalitet muayyan tabiiy-iqlimiy va tarixiy-madaniy sharoitlarda shakllanadi.
(A. V. Mudrik).


Mentalitet-bu shaxs yoki ijtimoiy guruhning dunyoni muayyan obrazda qabul qilish, his qilish va unda tafakkur yuritishini o‘z ichiga oluvchi individual va jamoa ong darajasi.
Mentalitet shu xalqning uzoq tarixiy rivojlanishi natijasida shakllanadi va milliy xarakter, iqtisodiy va ijtimoiy xulq-atvorning milliy modelini belgilab beradi.
Mentalitet hatto bir mafkura boshqasiga o‘zgarganda ham o‘zining asosiy xususiyatlarini saqlab qolishi mumkin. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda mentalitet bir xil madaniyatga tegishli odamlarning u yoki boshqa masalani anglash va tushunishda umumiylik mavjudligi bilan aniqlanadi. Turli xalqlarning mentalityetlari quyidagi ijtimoiy hodisalar bilan farqlanadi: ijtimoiy tuzilmaga baho berish, huquq va odat haqidagi qarashlari, ozodlikka munosabati, ozodlikni tushunishlari, mehnat, mulkchilik, boylikka munosabatlari, zamon va makonni tushunishlarini qanday qabul qilishlari.
“Mentalitet” kategoriyasi, odatda, ijtimoiy-psixologik kategoriya sifatida tushuniladi. Mentalitet tushunchasi tarkibining psixologik tahlili mentalitet tushunchasini muayyan madaniyatda yashovchi odamlarning integral tasviri sifatida tushunish imkonini beradi. Bu tahlil I. G. Dubrov, V. I. Kukushkin, A. S. Pamarin, V. S. Barulinlar tomonidan o‘tkazilgan. Boshqacha qilib aytganda, mentalitet jamiyatning ma’naviy-ruhiy qiyofasi, jamiyat dunyoqarashining asosiy o‘lchovi sifatida tushuniladi.
Mentalitet ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi, chunki u ijtimoiy axborot tashuvchisi hisoblanadi. Ijtimoiy axborot bu holatda 3 asosiy guruhga bo‘linadi:
— ishlab chiqarish qurollari va mehnatning jamoaviy natijalari;
— ob’yektiv ijtimoiy munosabatlar;
— til va muloqot.
Mentalitet ijtimoiy axborotning o‘ziga xos qismi sifatida o‘zining uzatish kanallariga ega. Ular orasida eng asosiylari tabiiy muhit, mumtoz va boshqa keng tarqalgan matnlar, til tarkibi va kundalik yumushlar hisoblanadi. Hozirgi kunda “mentalitet” tushunchasi fanda tor va keng ma’noda tushuniladi. Keng ma’noda mentalitet jamiyat, jamiyat ongini qabul qilishning o‘ziga xosligini, tushunishning umumiy aqliy faoliyat vositasi (instrumentariyasi) sifatida, o‘zining tabiiy va ijtimoiy muhitini hamda o‘zligini muayyan tarzda anglash, olamga o‘ziga xos munosabatda bo‘lish imkonini beradi. Tor ma’noda esa mentalitet ijtimoiy ma’lumotning nisbatan chuqur va kam o‘zgaradigan qismi bo‘lib, milliy xarakter va dunyoni tushunishga asoslangan ajdodlar tajribasi sifatida qaraladi.
Ijtimoiy pedagogika, xuddi pedagogika kabi, tarbiyalanuvchilarning etnopsixologik xususiyatlarini inobatga olishi kerak. Milliy psixologiyani bilish tarbiya ishining sifatini oshirishning samarali yo‘llarini topishga imkon beradi. Etnopsixologiya pedagogika faniga muayyan milliy guruhlar vakillari tomonidan tarbiyaviy ta’sir choralarini qabul qilishning o‘ziga xosliklarini, turli xalqlarning tarixiy tajribasini inobatga olib tarbiyaviy tadbirlar mazmunini, u yoki bu millat vakillarining tarbiyaviy choralarga ko‘nikish xususiyatlarini, aniq etnik guruh vakillarida milliy psixologiyaning ifodalanishini, turli xalqlarda tarbiyaviy ta’sir paytida intizomiy munosabatlarning ifodalanish xususiyatlarini, milliy mintaqalarda odamlarga nisbatan qo‘llanilayotgan psixologik ta’sirga bog‘liq ravishda tarbiya ishining mahsuldorligini, turli millat vakillarining muomalasi jarayonida shaxslararo munosabatlarning shakllanishi kabilarni o‘rganishga yordam beradi.
Insonlarning milliy psixologik xususiyatlari ularning faoliyatiga quyidagi shakllarda ta’sir ko‘rsatadi:
  • faoliyatning milliy o‘ziga xosligi;


  • inson xislatlarining milliy xususiyati;


  • milliy axloqiy muhitning o‘ziga xosligi.


Milliy psixologik xususiyatlar nafaqat inson ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatadi, balki bu jarayonga muayyan tuzilish va mazmun ham beradi.


Psixologiyada ijtimoiy ong hodisasi sifatida to‘rtga sohani ajratish mumkin:



Yüklə 464,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin