Axmamat jumayev, surayyo sharipova


Motivasion soha milliy umumiylikning sabablari va g‘oyalarining o‘ziga xosligini tavsiflaydi. Intellektual bilish



Yüklə 464,23 Kb.
səhifə33/118
tarix15.08.2023
ölçüsü464,23 Kb.
#139446
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118
Ijtimoiy pedagogika-fayllar.org

Motivasion soha milliy umumiylikning sabablari va g‘oyalarining o‘ziga xosligini tavsiflaydi.

Intellektual bilish sohasi esa millat tafakkuri bilan bog‘liq dunyokarashning o‘ziga xosligini xarakterlaydi. Bu jihat ulardagi aqliy xislatlar bilan ifodalanadi.

Kommunikativ xulq - atvor sohasi esa har bir xalqning o‘rnatilib bo‘lingan o‘zaro munosabatlarining me’yorlari, o‘z axloq stereotiplari, o‘z rahbarlik shakllari mavjudligidan dalolat beradi.
Xalqda shunday gipoteza mavjudki, unga asosan har bir xalq nerv tizimi va aqlining tug‘ma xususiyatlarining faoliyat yuritishidagi o‘z xususiyatlariga ega. Bu esa milliy xarakterning emosional-irodaviy sohalarining o‘ziga xosligini keltirib chiqaradi.
Milliy psixologik xususiyatlar ko‘nikma va stereotiplar mexanizmlari orqali namoyon bo‘ladi. Ko‘rsatmalar insonning muayyan shaklda u yoki bu hodisani qabul qilishidir, ya’ni ko‘rsatma muayyan faoliyat yuritishga tayyorlik, biror-bir milliy jamoa vakili o‘z etnik sharoitlaridan kelib chiqib milliy mentaliteti, shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida milliy axloqiy me’yorlar va qadriyatlar, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash va mustahkamlash, atrof-muhitdagi odamlarga baho berish, o‘z millati nuqtai nazariga mos kelmaydigan g‘oyalarni qoralash vazifasini bajaradi.
3-мавзу. Боланинг социумда ривожланиши

(Семинар машғулоти ишланмаси)

Reja:
1. Bolaning ilk ijtimoiylashuv davri.
2. Sosium (yaqin muhit) tushunchasi.
3. Ijtimoiy maqom, ijtimoiy moslashuv tushunchalari.
4. Bolaning ijtimoiylashuvida oila, ta’lim-tarbiya muassasalarining o‘rni.
5. Bolaning ijtimoiylashuvida madaniyat, din, mahallaning o‘rni.
6. Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rni.

AMALIY MASHGʻULOT UChUN TOPSHIRIQLAR:
1–topshiriq. “Videotopishmoq” metodi orqali bolaning sosiumda (yaqin muhit) da rivojlanishini izohlab bering?
So‘nggi yillarda pedagogik faoliyatda turli axborot-kommunikasiya vositalari (kompyuter, monitor doska, proyektor, multimedia materiallari, televideniye, radio, nusxa ko‘chiruvchi qurilma, slayd, video va audiomagnitofonlar) yordamida ta’lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida ta’lim jarayonida turli axborot vositalaridan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi. Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
  • o‘quvchi-talabalarga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta video lavha namoyish etiladi;


  • o‘quvchi-talabalar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganligini izohlaydilar;


  • jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etadilar;


  • o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytaradilar.




Yüklə 464,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin