Axmamat jumayev, surayyo sharipova



Yüklə 464,23 Kb.
səhifə69/118
tarix15.08.2023
ölçüsü464,23 Kb.
#139446
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   118
Ijtimoiy pedagogika-fayllar.org

Pedagogik og‘ishlar tushunchasi pedagogika va ijtimoiy pedagogikada hozircha kam qo‘llaniladigan tushunchadir. Vaholanki, pedagogik faoliyatda pedagogik maqsadlarni amalga oshirish, shaxs rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib berish uchun ta’lim olayotganlar faoliyatini tartibga solishda turli me’yorlar qo‘llanilmoqda. Avvalambor, bu ta’lim darajasini belgilaydigan standartlarga, shuningdek, o‘quvchi intilayotgan maqsadlarga tegishli. Bularga qo‘shimcha qilib, ta’lim olishda yuqori natijalarni ta’minlab beruvchi bola rivojlanishining me’yorlarini ham kiritsak bo‘ladi.
Ta’lim olinishi yoki olinmasligi me’yorlari haqida nihoyatda, aniqlik bilan gapirsa bo‘ladi. Turli sabablarga ko‘ra ta’lim ololmagan bolalar ham mavjud bo‘lib, me’yordan bunday og‘ishlarni “pedagogik og‘ish” desak bo‘ladi. Umumiy ta’lim olmagan, maktabga bormaydigan, faqatgina boshlang‘ich maktabni tugatgan, umumiy o‘rta ta’lim olmagan bolalarni alohida toifaga kiritamiz. Bunday holatlarni yuzaga kelishining sabablari talaygina: dars qoldirish o‘qishga intilishni susaytiradi, oiladagi notinch vaziyat bolani pul topish uchun ko‘chaga chiqaradi, ekologik va ijtimoiy kataklizmalar bolalar ota-onalaridan judo bo‘lishlariga olib keladi. Daydilikka moyilligi bo‘lgan bolalar soni ham ko‘paymoqda. Bolalar maktablarda tahsil olishmayotganining yana bir qancha sabablarini keltirish mumkin.
Ruhiy va jismoniy rivojlanishda og‘ishga ega bo‘lgan bolalarning ta’lim olishlaridagi katta qiyinchiliklarini ham ta’kidlab o‘tish joiz. Yuqorida aytilganidek, bunday bolalar uchun alohida maktablar bo‘lib, u yerda ular yetuk mutaxassislar qo‘l ostida ta’lim olishadi. Biroq ko‘p narsa bola qayerda yashashiga (qishloq yoki shaharda) va qanday oiladan ekanligiga bog‘liq. Ba’zi sog‘lig‘ida muammosi bor bolalar uchun ta’lim uyda individual tarzda beriladi. Bu bolalarning jamiyatga integrasiyalashuvining asosiy muammosi ularning keyinchalik kasbiy ta’lim olishlari bilan bog‘liq.
Ijtimoiy rivojlanishlarining buzilib bo‘lganligi sababli, biror-bir kasbiy faoliyatni tanlay olmaydigan bolalarni ham nazardan chetda qoldirmaslik kerak. Bunday bolalarni biror-bir ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyat soxasida o‘zlarini sinab ko‘rish xohishlarining yo‘kligi birlashtiradi. Bu holatdagi og‘ishni yengib o‘tish uchun mutaxassisning ijtimoiy pedagogik yordamiga muhtoj bolalarga amaliy yordami kerak bo‘ladi.



Yüklə 464,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin