Axmamat jumayev, surayyo sharipova



Yüklə 464,23 Kb.
səhifə70/118
tarix15.08.2023
ölçüsü464,23 Kb.
#139446
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   118
Ijtimoiy pedagogika-fayllar.org

Ijtimoiy og‘ishlar “ijtimoiy me’yor” tushunchasi bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy me’yor bu insonlar yoki ijtimoiy guruhlar faoliyati, ular xulq-atvorining jamiyat rivojlanishining biror-bir bosqichida shakllangan yoki rasman o‘rnatilgan tartib-qoidalari namunasidir. Aslida, ijtimoiy me’yor kerakli xulq-atvor, ijtimoiy munosabatlar va faoliyatlar modelidir.
Bolalar uchun ijtimoiy me’yorlarning o‘ziga xos xususiyati tarbiya omili hisoblanib, tarbiya jarayonida ijtimoiy me’yor va qadriyatlar ijtimoiy muhitga kirish, ijtimoiy tajriba va rollarni o‘zlashtirishning sodir bo‘lishidadir. Bu holatda tarbiyaning boshqarish funksiyasi eng muhim vazifani bajaradi, chunki uning vazifasi bolalar ongi va xulq-atvoriga ta’sir qiluvchi omillarni kerakli tarbiyaviy samaradorligi ta’minlanadigan darajada tashkil qilishdir.
Sosiologik, psixologik va pedagogik adabiyotlarda deviant xulq-atvorga ega bolalar muammolari ustida yetarlicha ish olib borilgan. Bunday xulq-atvorning sabablari ham yaxshi o‘rganib chiqilgan. Ular o‘smirlik davrining qiyinchiliklari, jamiyatdagi ijtimoiy maqomning noaniqligi, davlat rivojlanishining beqarorligi, bola mustaqil chiqib keta olmaydigan ekstremal holatlarning yuzaga kelishi bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda bunday bolalarga yordam ko‘rsatish uchun ixtisoslashgan ijtimoiy xizmatlar tuzilmoqda. Ijtimoiy xavfli xatti-harakat sodir etgan va 11 yoshga to‘lgan bolalarni sud tibbiy-pedagogik komissiyasi xulosasini inobatga olgan holda maxsus maktablar yoki maxsus kasbiy bilim yurtlariga yuborish mumkin.
Shuningdek, ijtimoiy pedagogning me’yordan og‘ishgan bolalar bilan samarali ish yuritishi og‘ishlar profilaktikasiga, muayyan me’yor va qoidalarni buzilishining oldini olish, xulq-atvorida u yoki bu og‘ish aniqlangan bolalarning reabiliatasiyasiga qaratilishi lozim.
M. A. Galaguzova tomonidan berilgan me’yordan og‘ish turlarining tasnifi



Yüklə 464,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin