Axmamat jumayev, surayyo sharipova


O‘smirlarda deviant xulq-atvorning kelib chiqishi sabablari



Yüklə 464,23 Kb.
səhifə78/118
tarix15.08.2023
ölçüsü464,23 Kb.
#139446
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   118
Ijtimoiy pedagogika-fayllar.org

7.4.O‘smirlarda deviant xulq-atvorning kelib chiqishi sabablari Me’yordan chetga chiquvchi xulq-atvor murakkab tabiatga ega bo‘lib, turli xil omillar bilan izohlanadi. Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilardir:
1. Biologik omillar bola organizmida uning ijtimoiy adaptasiyasini qiyinlashtiruvchi fiziologik yoki anotomik xususiyatlarning borligida o‘z ifodasini topadi. Ularga irsiy xususiyatlar, aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko‘rishning susayishi, asab tizimining zararlanishi, organizmga psixofiziologik zo‘r berish, nizoli holatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, turli somatik, allergik, toksik kasallanishlarga olib keluvchi, ya’ni quvvat manbalari bilan bog‘liq bo‘lgan psixofiziologik xususiyatlar kiradi.
2. Psixologik omillar. Bularga bolada psixopatalogiya yoki xarakterining akpentuasiyasining borligi kiradi. Bu me’yordan chetga chiqishlar asab kasalliklari, psixopatiya, nevrosteniya va bolada g‘ayri adekvat reaksiyalarni paydo qiluvchi boshqa omillarda namoyon bo‘ladi.
Yorqin namoyon bo‘lgan psixopatiyaga (tentaklik) ega bolalar psixiatrlar yordamiga muhtojlardir.
Ruhiy me’yorning eng keskin varianti hisoblanmish aksentuasiyaga ega bo‘lgan bolalar psixologik ta’sirlar uchun nihoyatda qaltis hisoblanadilar va ijtimoiy-tibbiy reabilitasiyaga ehtiyoj sezadilar.
Bola rivojlanishining har bir davrida shaxsiyat va xarakterning ba’zi ruhiy xislatlari shakllanadi. O‘smirda ruhiyat rivojlanishining ikki bosqichi kuzatiladi: u o‘zi yashaydigan ijtimoiy muhitdan bezib qoladi, yoki bu muhitga ko‘nikib ketadi. Agar oilada bola ota-onasi tomonidan yetarli darajada mehr his qilmasa, u holda bolaning himoya vositasi vazifasini “begonalashuv” bajaradi. Bu begonalashuv asabiy reaksiyalar, atrofdagilar bilan munosabatlarning buzilishi, emosional sovuqlik, psixik rivojlanishning to‘xtab qolishi, turli ruhiy patologiyalarda namoyon bo‘ladi.
O‘smirlarga xos bo‘lgan rad etish, qarshi chiqish kabi xislatlar, odatda, bir-biriga emosional bog‘liq bo‘lgan oilaviy munosabatlarning oqibati hisoblanadi.
O‘smirning axloqiy qadriyatlari tizimi shakllanmasligi oqibatida uning qiziqishlari g‘arazli tavsif kasb eta boshlaydi. Bunday o‘smirlarga infantilizm, ko‘ngilochar hikoyalar xosdir.



Yüklə 464,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin