Axmamat jumayev, surayyo sharipova


Ijtimoiy-pedagogik omillar



Yüklə 464,23 Kb.
səhifə79/118
tarix15.08.2023
ölçüsü464,23 Kb.
#139446
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118
Ijtimoiy pedagogika-fayllar.org

3. Ijtimoiy-pedagogik omillar maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo‘lib, uning asosida bolaning yoshlik chog‘ida salbiy tajriba to‘plashi bilan bog‘liq bo‘lgan, uning erta ijtimoiylashuvdan og‘ishlarga olib keluvchi yosh, jinsiy va individual xususiyatlar yotadi. Bunday bolalar, avvalambor, maktabda yomon tayyorlanishgan bo‘lib, uy vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qarashadi, maktab baholariga befarqliklarini bildirishadi. Bu esa ularning o‘quv dezadaptasiyasidan dalolat beradi. Maktab o‘quvchisining dezadaptasiyasi o‘z rivojlanishida quyidagi bosqichlardan o‘tadi:
-o‘quv dekompensasiyasi-bola bir yoki bir nechta fanlarni o‘zlashtirishida qiyinchiliklar paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadigan holat;
-maktab dezadaptasiyasi-o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda, o‘qituvchilar, sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo‘ladigan, xulq-atvor buzilishi bilan tavsiflanadigan bola holati;
-ijtimoiy dezadaptasiya-bu holatda o‘qishga, maktab jamoasiga qiziqish batamom so‘nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi; bo‘sh vaqtni o‘tkazish muhitining kriminallashuvi yuz beradi.
Bolaning psixoijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir muhim omili-noxush oila hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda asosial xulq-atvorni shakllanishiga olib keladigan oilaviy munosabatlar turlarini ajratib ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ularga quyidagilar kiradi: - o‘zida bir tomondan, bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa, bolani nizoli vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq: oila uchun yurish-turish qoidalari, jamiyat uchun umuman boshqa qoidalarni mujassam etgan tarbiyaviy munosabatlar turi;
-to‘liqsiz oilada bolalar va ota-onalarning uzoq muddat ayri yashashlari sharoitida tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi;
-spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar iste’moli, g‘ayriaxloqiy hayot tarzi, ota-onalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar turi.
Shafqatsiz muomala (haqorat) deb bolaga g‘amxo‘rlik yoki vasiylik qiluvchilar tomonidan unga zarar keltiruvchi harakatlarga aytiladi.
Oila va uning ta’sirini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, bolaning ruhiy-ijtimoiy rivojlanishiga aksariyat bolalarda ijtimoiylashuv shartlarining buzilishi sabab bo‘lar ekan. Ularning bir qismi deviasiya holatiga olib boruvchi turli jismoniy va ruhiy xavflar ostida yashashadi, boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishgan.

Yüklə 464,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin