Axmatova sanobar ro’zimurod qizi kasb-hunar kollejlari uchun fizika fanidan o’quv qo’llanma



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə11/24
tarix25.01.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#80628
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Buxoro davlat universiteti

Abu Ali ibn Sino (980-1037)
Ibn Sino, Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali (980 Afshona qishlog‘i — 1037 Hamadon shahri, Eron) — jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan o‘rta osiyolik buyuk qomusiy olim. G‘arbda Avitsenna nomi bilan mashhur.
Ibn Sino turli ilm sohalari musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni o‘qidi, xususan, tabobatni sevib o‘rgandi va bu ilmda tez kamol topa boshladi.
Ibn Sino mexanikaning dinamika masalalariga doir ham ilg‘or g‘oyalarni ilgari surgan. U asosan Aristotel nazariyasiga asoslansa-da, ammo uning ba’zi fikrlariga qo‘shilmagan. Ibn Sino yunon olimi I.Filopon g‘oyasini rivojlantirib, mexanik harakatning sababi havoning ta’siri emas, balki jismga berilgan «impetus» («mayl») deb ta’kidlaydi. U o‘zining «Kitob ash-shifo» asarida jismlarning harakatiga sabab unga qo‘yilgan kuch (quvvat) va «mayl» jismni harakati davomida havoning qarshiligini engish uchun isrof bo‘la boradi, deb aytadi. Ibn Sino inersiya to‘g‘risida ham ilg‘or fikrlarni bayon etadi. Harakatni u uchga bo‘ladi: psixik, tabiiy va majburiy. Ibn Sino bo‘shliq bo‘lishini rad etadi va jismlarga havoning qarshiligi bo‘lmasa harakatini cheksiz davom ettirishi mumkin edi, deb ta’kidlaydi. Ushbu fikrlari bilan u inersiyaning saqlanish qonuniga juda yaqin g‘oyani ilgari suradi.
U issiqlik hodisasini jismlar zarralari harakati orqali tushuntiradi. Optikaga doir qarashlarni u ko‘z fiziologiyasi asosida tushntirishga harakat qilgan. Ibn Sino fizik hodisalarni Aristotel g‘oyalari asosida izohladi va jismlar tasviri gavhar yordamida ko‘rish nervlariga fokuslanadi, deb tushuntiradi. Ushbu qarashlari orqali Ibn Sino inson ko‘zida buyum tasviri hosil bo‘lishining zamonaviy tasavvuriga juda yaqin keladi.
1 - rasm. Chig‘iriq 2 – rasm. Pishang

3– rasm. G‘altak 4– rasm. Murvat




Qadimda ishlatilgan mexanik
moslamalardan namunalar

5 -rasm. Pona




Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin