Axmatova sanobar ro’zimurod qizi kasb-hunar kollejlari uchun fizika fanidan o’quv qo’llanma



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə13/24
tarix25.01.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#80628
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Buxoro davlat universiteti

Al-Farg‘oniy (798—861)
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy(798—861) Farg‘onada tug‘ildi, shu yerda ilmiy ta’lim oldi, voyaga yetdi va, nihoyat, Bag‘doddagi «Bayt al-hikma» nomli akademiyada ilmiy ishlar bilan shug‘ullandi. Bu ilm makonida al-Farg‘oniy boshqa atoqli olimlar, jumladan, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy bilan birgalikda xizmat qilgan. Al-Farg‘oniyning Misrda, Nil daryosi bo‘ylarida ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy sohalarda ijodiy faoliyat ko‘rsatganligi ham jahonga ma’lum.
Al-Farg‘oniy astronomiya tarixida birinchi pedagog bo‘lgan deyilsa, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunday xulosaning ikki jihati bor:
a) al-Farg‘oniydan avval o‘tgan astronomlar yozgan kitoblarning maqsadi, asosan, geotsentrizm ta’limotini tushuntirish bo‘lgan. Axir astronomiyada bu ta’limotdan boshqa narsalar ham bor-ku. Masalan, tushunchalar, traektoriyalar, tezliklar, tezlanishlar, proektsiyalar… Shu nuqtai nazardan qaralsa, al-Farg‘oniyning «Astronomiya ilmi asoslari» nomli kitobida astronomiya bir butun fan sifatida, uning ob’ekti, predmeti, mazmuni va mohiyati nimalardan iboratligi qat’iy bir sistemada bayon etilgan;
b) al-Farg‘oniyning bu kitobi XII asrdan boshlab Ovrupoda asosiy darslik sifatida xizmat qilgan, ya’ni kelgusi buyuk astronomlar astronomiya qanday fan ekanini shu kitobni o‘qib bilib olganlar va uni rivojlantira boshlaganlar.
Shunday qilib, tabiatning bu qiziq hodisayu voqealarini astronomiya tarixida birinchi bo‘lib ham ilmiy, ham tadrijiy ravishda, ham pedagogika jihatidan mohirona tushuntirib bergan astronom va mutafakkir Ahmad al-Farg‘oniy bo‘lgan.
Asarlari.Ahmad al-Farg‘oniyning 8 asari ma’lum. SHu bilan birga, ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, Rizoulloh Ansoriyning dalolat berishicha, uning qoldirgan asarlari soni o‘n bitta. Bu kitoblarning har birida astronomiyaga oid yangi, qimmatli fikrlar aytilgan. Ularning ayniqsa ikkitasi jahon astronomlariga ma’lum va mashhurdir. Biz bu o‘rinda al-Farg‘oniy asarlarining mazmuni bilan chegaralanamiz.
«Astronomiya ilmi asoslari» — «Samoviy harakatlar va umumiy astronomiya kitobi» («Kitob fiy harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum»). Risolaning asl qo‘lyozmalari matni bir xil bo‘lsa-da, besh nom ostida saqlanib kelmoqda, ya’ni: «Al-Majistiyga bag‘ishlangan falakiyot risolasi», «Falak sferalari sababiyati», «Al-Majistiy haqida», «Ilm al-hay’a» deb ham ataladi.
Yana bir kitobi — «Asturlob yasash haqida kitob»(«Kitob al-komil fiy san’a al-asturlob»).
Al-Farg‘oniy kitoblari 1145 yildan shu vaqtgacha, ya’ni XII asrdan XXI asrgacha lotin, italyan, frantsuz, nemis, ingliz, ibroniy, ispan, arab, fors tillarida Angliya, Belgiya, Germaniya, Gollandiya, Misr, Italiya, Marokash, Suriya, AQSH, Tunis, Frantsiyada bir necha bor nashr etilgan. «Astronomiya ilmi asoslari» B.Rozenfeld, I.Dobrovolskiy va N.Sergeeva tarjimasida rus tilida birinchi marta 1998 yili Toshkentda nashr qilindi. Bu tarjima qo‘lyozmasining ayrim parchalarini tarjimonlar ruxsati bilan O.Fayzullaev 1976 yili nashr ettirgan edi. Ruscha va o‘zbekcha to‘la nashrini amalga 3


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin